4-ma’ruza. Axborot tizimlarini loyihalash va uning bosqichlari. Intellektual axborot tizimlarini yaratishning prinsiplari
Download 127.5 Kb.
|
4-Маъруза-Инт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
4-MA’RUZA. AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASH VA UNING BOSQICHLARI. INTELLEKTUAL AXBOROT TIZIMLARINI YARATISHNING PRINSIPLARI. (2 soat) Reja: 1. Loyiha tushunchasi. 2. Axborot tizimlarini loyihalash texnologiyasi. 3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayot sikli bosqichlari. 4. Avtomatlashgan loyihalash tizimi. Tayanch iboralar: loyiha, klassifikatsiya, loyiha sinfi, loyiha tipi, loyiha masshtabi, texnologiya, loyihalash texnologiyasi. Korxona axborot tizimi qandaydir bir loyiha sifatida yaratiladi. Loyihani boshqarish xususiyatlari va ularning bosqichlari (yashash sikli bosqichlari) umumiy bо‘lib, biror-bir sohaga bog‘liq bо‘lmaydi (bu injenerlik, texnik yoki iqtisodiy loyihami). Loyiha – bu belgilangan vaqt oralig‘ida aniq bir maqsadga erishish yо‘lida alohida tizimni о‘zgartirishga qilingan harakat natijasidir. Maqsadga erishilishi esa loyihaning tugallanganligini bildiradi. Bunda albatta vaqtga, muddatlarga, tavakkallikka (riskga), vosita va resurslarni sarf qilishga hamda tashkiliy strukturaga qо‘yilgan talablar ham bajarilishi lozimdir. Boshqaruv obyekti sifatida loyihaning quyidagi farqlanuvchi belgilarini kо‘rsatish mumkin: - о‘zgaruvchanlik – bu tizimni mavjud holatidan kо‘zlangan holatga о‘tkazish hisoblanib, u loyiha maqsadlari terminida aniqlanadi; - yakuniy maqsadning chegaralanganligi; - muddatlarning chegaralanganligi; - byudjetning chegaralanganligi; - talab qilinayotgan resurslarning chegaralanganligi; - loyiha qilinayotgan korxona uchun yangilik ekanligi; - komplekslilik – bu bevosita yoki bilvosita jarayonga va loyiha natijasiga ta’sir о‘tkazuvchi kо‘plab omillarning (faktorlarning) mavjudligidir; - xuquqiy va tashkiliy ta’minot – bu loyihani amalga oshirish davrida spetsifik tashkiliy strukturani yaratishdir. Loyihani rejalashtirish va boshqarishda uni dinamik obyekt sifatida qaralishini xis etish lozim. Shuning uchun boshqaruv tizimi egiluvchan (gibkiy) bо‘lishi, ya’ni uni modifikatsiya qilish ishchi dasturni global о‘zgarishlar qilinmagan holda ham bajarish mumkin bо‘lsin. Umumiy holda loyiha «qora yashik» kо‘rinishida tasvirlanishi mumkin bо‘lib, uning kirish qismida – texnik talablar va moliyaviy ta’minlash shartlari, chiqish qismida esa – talab qilingan natija joylashadi. Ishning bajarilishi quyidagi kerakli resurslarning mavjudligi bilan ta’minlanadi: - materiallar; - qurilmalar; - inson resurslari. Ishning samaradorligi loyihani bajarish jarayonini tо‘g‘ri boshqarish hisobiga erishiladi. Boshqaruv tizimlari nazariyasiga kо‘ra loyiha boshqaruv obyekti sifatida kuzatuvchan va boshqariluvchan bо‘lishi kerak, ya’ni ayrim xarakteristikalar ajralib turadiki, ularni loyihani bajarish jarayonida doimo nazorat qilib turishga tо‘g‘ri keladi (kuzatuvchanlik xossasi). Bundan tashqari, loyihani bajarish jarayonida unga о‘z vaqtida ta’sir о‘tkazish mexanizmi ham mavjud bо‘lishi kerak (boshqariluvchanlik xossasi). Boshqariluvchanlik xossasi predmet sohasining noaniqligi va о‘zgaruvchanligi sharoitlarida dolzarb hisoblanadi, bu ayniqsa axborot tizimlarini ishlab chiqishda kо‘p kuzatiladi. Loyihaning maqsadga muvofiqligi va uni amalga oshirish mumkinligini asoslash, uni amalga oshirish jarayonini taxlil qilish, shuningdek loyihada kо‘zlangan maqsadga erishilganlikning yakuniy darajasini aniqlash va kо‘zlangan natijalarni amaldagi natijalar bilan solishtirish jarayonida loyihaning bir qator xarakteristikalari mavjud. Ular ichidan asosiylari bо‘lib quyidagi texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni kо‘rsatish mumkin: - ish hajmi; - bajarish muddatlari; - tannarxi; - iqtisodiy samaradorligi; - loyihaning sotsial va ijtimoiy zarurligi. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling