4-ma’ruza. Axborot tizimlarini loyihalash va uning bosqichlari. Intellektual axborot tizimlarini yaratishning prinsiplari
Download 127.5 Kb.
|
4-Маъруза-Инт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik loyiha
- Texnik loyiha komplekti
- 3. Ishchi loyiha
- 4. Tadbiq etish
2. Texnik loyiha. Yaratilayotgan tizim texnik loyihasini ishlab chiqishda asos bо‘lib, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan, texnik topshiriq hisoblanadi.
Tizimning texnik loyihasi – bu, belgilangan tartibda tasdiqlangan, umumtizim loyiha yechimlari, masalalarni yechish algoritmlari, shuningdek avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi iqtisodiy samaradorligini baholash va obyektni ishga tushirishga tayyorlash tadbirlari rо‘yxatidan tashkil topgan texnik hujjatlar tо‘plamidir. Texnik loyiha tizimni yaratishdagi asosiy loyihaviy yechimlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqiladi. Bu bosqichda eng yaxshi yechim variantlarini tanlash maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlar kompleksi va eksperimental ishlar amalga oshiriladi hamda asosiy loyiha yechimlari ustida eksperimental tekshiruvlar olib boriladi va tizimning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqiladi. Texnik loyiha komplekti quyidagi 10 ta hujjatni о‘z ichiga oladi: - Tushuntirish xati. - Tizimning funksional va tashkiliy strukturasi. - Masalaning qо‘yilishi va yechimi algoritmi. - Informatsion bazani tashkil etish. - Hujjatlar formalari albomi. - Matematik ta’minot tizimi. - Texnik vositalar kompleksini yaratish prinsipi. - Tizimning iqtisodiy samaradorligi hisobi. - Obyektni ishga tushirishdagi tadbirlar. - Hujjatlar qaydnomalari. 3. Ishchi loyiha – bu, belgilangan tartibda tasdiqlangan, texnik hujjatlar bо‘lib, unda umumiy tizim bо‘yicha aniqlashtirilgan ma’lumotlar va detallashtirilgan loyiha yechimlari, masalalarni yechimlari bо‘yicha dastur va kо‘rsatmalar, shuningdek avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining aniqlashtirilgan iqtisodiy samaradorligi va obyektni ishga tushirishga tayyorgarligi bо‘yicha aniqlashtirishgan tadbirlari rо‘yxati keltiriladi. Ishchi loyiha, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan, texnik loyiha asosida ishlab chiqiladi. Ishchi loyihalash bosqichida buyurtmachi tizimni ishga tushirish uchun obyektni tayyorlashni tugatishi, kompyuterlarni о‘rnatish uchun xonalarni tayyorlashi, tashkiliy struktura barcha bо‘g‘inlaridagi xodimlarni о‘qitishni tashkil etishi, nostandart qurilmalarni tayyorlash uchun buyurtmalarni joylashtirishi kerak. Bu bosqichda ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishchi loyihaning setevoy grafigi aniqlashtiriladi, qabul qilingan loyiha yechimlarini amalga oshirish uchun eksperimental tadqiqotlar о‘tkaziladi, qо‘shimcha loyiha yechimlari asoslanadi, axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash texnologik jarayonlari ishlab chiqiladi, ishchi hujjatlar tayyorlanadi, tizim iqtisodiy samaradorligi hisobi aniqlashtiriladi. Ishchi hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: - Tushuntirish xati. - Funksional va tashkiliy struktura. - Lavozim kо‘rsatmalari (instruksiyalari). - Kirish operativ hujjatlarini tо‘ldirish bо‘yicha kо‘rsatmalar. - Chiqish hujjatlaridan foydalanish bо‘yicha kо‘rsatmalar. - Normativ-spravkaviy axborotlarni tashkil etish va olib borish bо‘yicha kо‘rsatmalar. - Arxivda axborotlarni saqlashni tashkil etish bо‘yicha kо‘rsatmalar. - Axborotlarni SHK ga kiritishga tayyorlash bо‘yicha kо‘rsatmalar. - Tizim iqtisodiy samaradorligi hisobi. - Obyektni ishga tushirishga tayyorlash bо‘yicha tadbirlar. - Hujjatlar qaydnomalari (vedomostlari). 4. Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). Bunga AAT nim tizimlarini kompleks tuzatish, xodimni о‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish kiradi. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling