4-ma’ruza. Axborot tizimlarini loyihalash va uning bosqichlari. Intellektual axborot tizimlarini yaratishning prinsiplari
Download 127.5 Kb.
|
4-Маъруза-Инт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalash vositalariga qо‘yiladigan talablar
Loyihalash texnologiyasi asosida texnologik jarayon yotadi va u harakatlar, ularning ketma-ketligi, bajaruvchilar tarkibi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun kerakli vosita va resurslarni aniqlaydi.
Loyihalash texnologiyasi loyihani bajarish jarayonida u yoki bu usul qо‘llash asosida reglamentlangan texnologik operatsiyalar ketma-ketligini kо‘zda tutadi. Natijada nafaqat loyihani yaratish jarayonida NIMA qilinishi kerakligi emas, balki QANDAY, KIMGA va QANDAY KETMA-KETLIKDA bajarilishi kerak ekanligi aniqlanishi lozim. Shunday qilib, axborot tizimlarini loyihalash texnologik jarayoni har biri о‘z predmetiga ega bо‘lgan, ketma-ket-parallel, harakatlarning bog‘langan va bо‘ysungan (sopodchinenniy) zanjirlari tо‘plamlariga bо‘linadi. Tanlanayotgan loyihalash texnologiyasiga qо‘yilayotgan asosiy talablarga quyidagilar kiradi: - ushbu texnologiya asosida yaratilayotgan loyiha buyurtmachi talablariga javob berishi kerak; - tanlanayotgan texnologiya loyiha yashash siklining barcha bosqichlarini kо‘zda tutgan bо‘lishi kerak; - tanlanayotgan texnologiya loyihalash uchun minimal mehnat va narx harajatlarini ta’minlashi kerak; - tanlanayotgan texnologiya loyihalash va loyihani kuzatib borishda aloqalar asosi bо‘lishi kerak; - tanlanayotgan texnologiya loyihachining mehnat samaradorligini oshirishga rag‘batlantirishi kerak; - tanlanayotgan texnologiya loyihalash jarayoni va loyihani ishlatish ishonchliligini ta’minlashi kerak; - tanlanayotgan texnologiya loyihalash hujjatlarini olib borishni soddalashtirishi kerak. Loyihalash vositalariga qо‘yiladigan talablar Loyihalash vositalariga quyidagi talablar qо‘yiladi: - о‘z sinfida loyihalash obyektiga nisbatan invariant bо‘lishi kerak; - AT yashash siklining barcha bosqichlarini qamrab olishi kerak; - texnik, dasturiy va informatsion jihatdan bir-biriga mos bо‘lishi (sovmestimiy) kerak; - о‘rganish va qо‘llashda oson bо‘lishi kerak; - iqtisodiy jihatdan maqsadga mos bо‘lishi (selesoobraznim) kerak. AT loyihalash vositalarini ikki sinfga bо‘lish mumkin: - EHM larni qо‘llagan holda; - EHM larni qо‘llamagan holda. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling