4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

O‘zlik nisbati. O‘zlik nisbati asosan [-(i)n], ba’zan [-(i)l] ko‘rsatkichi yordamida o‘timli fe’ldan 
hosil bo‘ladi. [-(i)sh] affiksi o‘zlik nisbati hosil qilishda kammahsuldir: (kerishdi), (joylashdi)(qorishdi) 
kabi so‘zshakllardagina buni kuzatish mumkin. O‘zlik nisbati UGMsi – «harakatning subyekti va obyektini 
birlashtirish, o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantirish».



Ayrim holda grammatik shakl o‘zlik nisbatiniki bo‘lsa-da, bu shakl harakatning bajaruvchiga 
qaytishini, bajaruvchi ham harakat obyekti ekanini bildirmaydi: Bir mahal G‘ulomjon tuynukdan erinib 
chiqayotgan tutunga qarab so‘zlandi. (M.Ism.) So‘ng uzun do‘nglik ortiga o‘tib, ko‘rinmay ketdi. (P.Qod.) 
Yigit ko‘zini yashirishga joy topolmay qiynaldi. (S.Ahm.) Davlatbekovning tug‘ilgan qishlog‘i Bodomzor 
bu yerdan o‘n bir chaqirim pastda. (P.Qod.) O‘zlik nisbati shakli o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi.
O‘zlik nisbati shakli har qanday o‘timli fe’ldan ham yasalavermaydi. Masalan, (o‘qi), (hayda)
(kes), (ek), (min), (sug‘or) kabi fe’ldan o‘zlik nisbati hosil qilinmaydi. Shuningdek, orttirma nisbatdagi 
o‘timli fe’ldan ham o‘zlik nisbati hosil qilinmaydi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zlik nisbatida harakat subyekti «subyekt-obyekt» qiyofasiga 
kirib, avvalgi obyekt yo‘qoladi. Qiyoslang: Halim kiyimini kiydi – Halim kiyindi. Birinchi gapda Halim 
subyekt, kiyim obyekt, ikkinchi gapda obyekt yo‘q, Halim esa «subyekt-obyekt»dir.
 
Orttirma nisbat. Orttirma nisbat shakli quyidagilar: 
[-dir (-tir)](chizdir)(yondir)(urintir);
 
[-gaz (-giz,- g‘az, -g‘iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz)]: (ko‘rgaz), (kirgiz), (turg‘iz), (yutqiz), (o‘tqaz)
(ketkiz)(yurg‘az)
 
[-(i)t](o‘qit)(ishlat)(tugat)(boshlat)(yurit)(kirit)
 
[-iz](oqiz)(tomiz)(emiz)
 
[-ir](bitir)(uchir)(pishir)(qochir)(ochir)(shoshir)(oshir)(botir)(qotir)
 
[-ar](chiqar)(qaytar)
 
[-sat](ko‘rsat). 
Orttirma nisbat UGMsi «harakat bajaruvchisini orttirish, jarayonga «ortiqcha» bajaruvchini kiritish 
va o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantirish».  Orttirma nisbatda ish-harakatning subyekti ortib, ular bevosita 
va bilvosita subyektga ajraladi: Halim o‘qidi. Halim ukasini o‘qitdi. Birinchi gapda sub’ekt bitta. Ikkinchi 
gapda esa ikkita bo‘lib, [Halim] bilvosita, [ukasi] bevosita bajaruvchilar. Bevosita sub’ekt unchalik 
ahamiyatli bo‘lmaydi, shuning uchun u ko‘p holda ifodalanmay qolaveradi. 
Orttirma nisbat shakli fe’lga birdan ortiq qo‘shilishi mumkin. Bunda avvalgi bevosita sub’ekt 
bilvosita sub’ektga aylanib ketaveradi: Halim to‘ladi. Halim ukasiga to‘latdi. Halim ukasiga to‘lattirdi. 
Jumla g‘alizligi kelib chiqmasligi uchun keyingi gapdagi bevosita subyekt tushirib qoldirilgan. 
Orttirma nisbat shaklli fe’l semantikasida ma’noviy siljish ro‘y berib, unga xos morfema 
ajralmaydigan holga kelib qolishi ham mumkin: [tuzatmoq] [surishtirmoq], [solishtirmoq], [yaratmoq], 
[uyg‘on][yupan][erkalatmoq][(dalil,misol) keltirmoq] tipidagi fe’l ham shular jumlasidan. 
Orttirma nisbat shakli o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantiradi.

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling