Harakat tarzi kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot. Formal o‘zbek tilshunosligida harakat tarzi
shakllari morfologik kategoriya sifatida qaralmas va bu hodisaga nisbatan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi,
ko‘makchi fe’l atamalari qo‘llanar edi. Xo‘sh, harakat tarzi shakllari, harakat tarzi kategoriyasi
atamalarining qabul qilinishiga sabab nima?
Birinchidan, harakatning tarzi faqat ko‘makchi fe’l bilangina emas, [ravishdosh shakli+ko‘makchi
fe’l] morfologik qolipi hosilasi asosida yuzaga chiqadi. Ko‘makchi fe’l ushbu shaklning bir qismi, xolos.
Shu boisdan ilmiy tadqiqot, darslik va grammatikalarda ko‘makchi fe’l ma’nosi haqida so‘z ketganda,
uning ravishdosh shakli yordamida yuzaga chiqishi ta’kidlanadi.
Ikkinchidan, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi atamasidagi qo‘shilma unsuri so‘z birikmasidan teng
munosabatlilik belgisi asosida farqlanuvchi so‘z qo‘shilmasi (olma va anor, kitob va daftar, gulu lola)
sintaktik hodisasi bilan nisbiy omonimlik kasb etadi. Holbuki, harakat tarzi sintaktik emas, balki
morfologik hodisa.
Uchinchidan, harakat tarzi shakllari morfologik kategoriyaga berilgan ta’rifga «sig‘adi».
Harakat tarzi shakllarining xususiylashuvi umumiy grammatik ma’noning muayyan
xossalari asosida shakllanadi. Har qanday hodisa ko‘plab mohiyatlar zarrasidan iborat
bo‘lganligi sababli, nutqda qo‘llanilgan muayyan so‘zshaklda turli UGMning XGMsi
sifatida yuzaga chiqqan zarralar mavjud bo‘lib, ular nutqiy alohidalik sifatida
so‘zshakllarda shunday zich birlashganki, ko‘p holda ularni bir-biridan ajratish qiyin.
Harakat tarzi kategoriyasi fe’l tasniflovchi kategoriyalari sirasida nisbat va bo‘lishli-bo‘lishsizlikdan keyin
joylashadi. Chunki fe’lning bu kategoriyaga munosabati doimiy emas. Aniqrog‘i, barcha fe’llarda tarz
ma’nosidan biri voqelanishi shart emas.
Ma’lumki, harakat tarzi shakllari doimo ikki qismdan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |