4-ma’ruza. Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari


Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish algoritmlarining qiyosiy tahlili


Download 0.74 Mb.
bet7/8
Sana15.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1486241
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma’ruza. Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari

Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish algoritmlarining qiyosiy tahlili

Yo‘qotishli siqish algoritmlarining yo‘qotishsiz siqish algoritmlaridan afzalligi shundan iboratki, bunda qo‘yilgan talablarga javob bergan holda ma’lumotni siqish darajasi ancha yuqori, ya’ni dekompressiyalangan ma’lumot inson sezgirlik darajasida bo‘ladi.


Yo‘qotishli siqish algoritmlari ko‘pincha analog ma’lumotlarni siqishda qo‘llaniladi, ya’ni tovush va tasvir ma’lumotlarini.
Bunda dekompressiyalangan ma’lumot birlamchi ma’lumotdan bitga bit solishtirilganida ancha farq qilishi mumkin, ammo bunday o‘zgarishlar inson eshitish va ko‘rish organlarida deyarli sezilmaydi
JPEG formatidagi fotosurat (ma’lumotlar yo‘qotishli siqish algoritmidan foydalanilgan) sud jarayonida ham qo‘llanilishi mumkin.


Yo‘qotishli siqish algoritmlarining kamchiliklari

Yo‘qotishli siqish algoritmi asosidagi dekompresiyalangan ma’lumot ikkinchi marta siqilganida sifat darajasi pasayishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda birlamchi ma’lumotning originalini saqlab qo‘yish kerak.




Ma’lumotni siqish algoritmlarining xarakteristikalari va ularning qo‘llanilishi

Siqish algoritmining asosiy xarakteristikasi – siqish koyeffisiyenti hisoblanadi va u birlamchi siqilmagan ma’lumot hajmini ma’lum bir algoritm bo‘yicha siqilgan ma’lumot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni


bunda k — siqish koyeffisiyenti


So — birlamchi ma’lumot hajmi,
Sc — siqilgan ma’lumot hajmi.
Siqish koyeffisiyenti qancha katta bo‘lsa, shuncha siqish algoritmi samarali bo‘ladi. Agar k = 1 bo‘lsa algoritm birlamchi ma’lumot ustidan hech qanday siqish jarayonini amalga oshirmagan bo‘ladi. Amaliyotda k < 1 holat ham bo‘lishi mumkin, bunda algoritm ma’lumotni siqish o‘rniga uning hajmini kengaytirib yuboradi.
Siqish koyeffisiyenti o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Ikkinchi holatda har bir holat uchun u alohida hisoblanadi yoki ma’lum bir mezon orqali aniqlanadi:
Ma’lumotni siqish darajasi o‘rtacha (ma’lum bir test ma’lumotlari orqali aniqlanadi);
Ma’lumotni siqish darajasi maksimal (eng yaxshi natija);
Ma’lumotni siqish darajasi minimal (eng yomon holat)
Yo‘qotishli siqish algoritmlarida K ning qiymati yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato darajasiga bog‘liq bo‘ladi, shu orqali uning sifati belgilanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling