BF – balansdagi foyda (soliqqa tortilgunga qadar);
Fаа – asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalash- tirilgan aylanma mablag’larning yillik o’rtacha qiymati.
Fond qaytimi ko’rsatkichi XYuS asosiy ishlab chiqarish fond-laridan foydalanish samaradorligining darajasini xarakterlay-di va u quyidagicha aniqlanadi:
Fк = (T : Fаич ) x 100% Bu erda: Fк – fond qaytimi;
T – realizatsiyadan olingan sof tushum;
Fаич – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o’rtacha qiymati.
Fond sig’imi fond qaytimiga nisbatan teskari ko’rsatkich hi-soblanadi va bir so’mlik realizatsiya qilingan mahsulotga to’g’ri keluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ko’rsata-di. Shuning uchun bu ko’rsatkichni quyidagicha aniqlash mumkin:
F с = (Fаич : T) x 100%
Bu erda: Fс – fond sig’imi;
Fаич – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o’rtacha qiymati;
T – realizatsiyadan olingan sof tushum.
Dastgohlar yoki asbob-uskunalar ishlashining smenalik koef-fitsienti ulardan foydalanish va ularning yuklanganlik daraja-sini ifodalab, yil, chorak, oy va kun davomida har bir birlik dastgoh yoki asbob-uskunalarning necha smenada ishlaganligini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
K с = Hк : D у yoki Kс = H c : S max
Bu erda: K с – smenalik koeffitsienti;
Hк – kun davomida haqiqatda ishlangan dastgoh (ma- shina)/soatlar;
D у – dastgoh (mashina)larning umumiy soni;
H c – bir smenada haqiqatda ishlangan dastgoh
(mashina)/soatlar soni;
S max – bir smenada maksimal ishlanishi mumkin bo’lgan dastgoh (mashina)/soatlar soni;
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsien-ti yangidan yaratilgan mahsulotga o’tkazilishi natijasida ular iste’mol qiymatining kamayishi (yo’qotilishi)ni tavsiflaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
K э = (Aарен : Fичфб ) x 100%
Bu erda: K э – eskirish koeffitsienti;
Aарен – foydalanishda bo’lgan davr mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlarining qayta tiklanishiga hisoblangan amortiza- tsiya ajratmalarining summasi;
Fичфб – asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshlan- g’ich qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffi-tsienti XYuS investitsion talabini qondirishning intensivligi-ni ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanadi:
K я = (Qаичф: Qбаич) x 100%
Bu erda: K я – yangilanish koeffitsienti;
Do'stlaringiz bilan baham: |