4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/33
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#242133
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi

Ijtimoiy vaqt ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, u, biologik va ‘lanetar-

kosmik  vaqtdan  farqli  o’laroq,  notekis  oqadi.  Insoniyat  shakllanish  jarayonining 

dastlabki  bosqichida  boshlangan  ijtimoiy  vaqt  keyingi  davrlarda  deyarli 

o’zgarishsiz  kechdi  va  fan-texnika  taraqqiyotining  ilk  alomatlari  paydobo’lishi 

bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi. XX asrda 

yuz  bergan  fan-texnika  inqilobi  ijtimoiy  makonni  keng  qamrab  oldi  va  ijtimoiy-

iqtisodiy  jarayonlarning  rivojlanishiga  alohida  tus  berib,  vaqt  harakatini  misli 

ko’rilmagan  darajada  jadallashtirdi.  Yer  kurrasi  «kichrayib»,  insoniyat  uchun  tor 

bo’lib  qoldi,  uning  bir  chetidan  narigi  chetiga  o’tish  endilikda  soatlar  bilan  (Oy, 

Mars,  Venera  va  boshqa  kosmik  jismlarga  uchish  tezligi  va  vaqtini  hisobga 

olmaganda)  o’lchanmoqdaki,  XX  asrda  buni  hatto  tasavvur  qilish  ham  mumkin 

emas edi.  



Ijtimoiy  vaqtda  muayyan  odamlar,  ijtimoiy  jamoalar,  ayrim  hamjamiyatlar, 

millatlar,  davlatlar  va  pirovard    natijada  butun  insoniyat  borlig’ining  vaqt 

ko’rsatkichlarini  farqlab,  ijtimoiy  vaqt  strukturasining  murakkabligi  to’g’risida 

ham  so’z  yuritish  mumkin.  Ulardan  har  birining  yashash  vaqti  va  sur’ati  har  xil 

bo’lib, o’z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam 

holda  butun  insoniyatni  ifoda  etsa-da,  amalda  turli  tarixiy  davrlarda:  kimdir 

o’tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, 

amerikalik  taniqli  futurolog  E.Toffler  e’tiborni  qaratadi.  Uning  fikricha,  «Er 

aholisining 70% o’tmishda (turli o’tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda 

yashaydi,  qolganlar  esa  marginallar  bo’lib,  ular  har  qanday  vaqtdan 

tashqaridadir»

9

.  


Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. Muammo uning 

mazmunida  qanday  ustuvorliklar  va  konstantalar  mavjudligida.  Ijtimoiy  vaqt 



individ  vaqti  va  avlod  vaqtiga  bo’linadi.  U  kishilik  jamiyatining  o’zgaruvchan 

informatsion  sig’imiga  bog’liq.  Falsafiy  adabiyotlarda  vaqt  jarayonlariga  makon 

xossalarining  kirishi,  ya’ni  ijtimoiy  vaqt uzunligi  – hayot  sikllari  bosqichlarining 

ketma-ketligi  sifatida,  kengligi  –  faoliyat  turlarining  miqdoriy  rang-barangligi 

sifatida, chuqurligi – individning o’zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik 

darajasi  sifatida  ko’rsatilishi  bilan  bog’liq  fikrlarga  ham  duch  kelish  mumkin. 

Makon  va  vaqt  aloqasi  hamma  joyda  har  xil  bo’lgan  «mahalliy  vaqt» 

tushunchasida yorqin namoyon bo’ladi. 

                                                 

9

 Қаранг: Вестник Российского университета дружбы народов. Сериа «Философиа». 2006. №1(11). –С. 46.  





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling