Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bogʻliq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi eʼtirof etiladi. Cheksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi koʻplab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Olamning chekliligi va cheksizligi
Ekstensiv
Ekstensiv cheksizlik
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur obyekt doirasidan tashqarida, “katta” dunyoda kuzatiladi va obyektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda obyekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan oʻzaro taʼsirlar tizimiga bogʻliqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud boʻlib, u bilish qaratilgan yoʻnalishdan kelib chiqib, intensiv yoki ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning oʻziga xos proyeksiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar oʻqidagi proyeksiyalariga oʻxshatish mumkin.
Intensiv
Intensiv cheksizlik
Intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi. Intensiv cheksizlikning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega boʻlmagan, mutlaqo elementar obyektlar yoʻqligini koʻrsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni oʻrganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz boʻlinishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi zamon falsafasida “harakat” tushunchasi
“Keng” maʼnoda umuman har qanday oʻzgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman oʻzgarish sifatida tushunish harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga bogʻlash toʻgʻri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi. “Umuman oʻzgarish” deganda, bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qatʼiy nazar, obyektiv mavjud boʻlgan barcha oʻzgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi.
HARAKAT SHAKLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |