4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari reja
Download 349.84 Kb. Pdf ko'rish
|
4 MAVZU NAZARIY 3a639a2b71cc34863ad4247f723a774c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Tekstli jadvallar.
- Grafik jadvallar.
- Illyustratsiyali jadvallar
4-mavzu: Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari REJA: 1.Husnixat darslarida ko’rgazmali qurollardan foydalanish 2.Boshlang’ich sinf husnixat darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish yo’llari 3.Elektron vositalar – husnixat darslarining samaradorligini oshirish omili 4.Maktablarda husnixat darslarini qat'iy nazorat qilish 5.Boshlang’ich sinf husnixat darslarida ta’limiy o’yinlar va ularning ahamiyati 6.Talabalarning husnixat ko’nikmalarini takomillashtirish Tayanch iboralar: Ko’rgazmali qurollar, doska, daftar, jadvallar, matnli, raqamli, grafik, illyustratsiyali, aralash,bo’r, daftar, ruchka. Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. Boshqa darslarda bo’lgani kabi, husnixat mashgulotlarida ham ko’rgazma qurollardan foydalaniladi. Bunda oquvchilar harf va uning elementlarini to’liq va to’g’ri o’zlashtirib oladil ar. Husnixat mashg’ulotlarida quyidagi ko’rgazma usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib korsatish. 2. O’quvchilarning daftarlarida harf va uning elementlarini yozib ko’rsatish. 3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish. 4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish. Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko’rsatish asosiy usul hisoblanadi. Agar o’qituvchi sinf taxtasida harf va uning unsurlarini chiroyli va aniq yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ham shunday yozishga kirishadilar. O’quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning barmoq va qo’l harakatlari o’stirilib, har flarning nisbatini tog’ri olish, bo’rni to’gri ushlash hamda bir xil yo’g’onlikdagi chiziqlarni chizish o’rgatiladi. To’g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so’ng har xil qiyaliklardan va aylanalar shaklidan iborat bo’lgan mashqlarga o’tiladi.Bunday mashqlarni bajarishda qo’lning harakatiga alohida e’tibor berish zarur. Mazkur rasmlarni o’quvchilarning o’zl ari dars boshlanishidan oldin bajarishni mashq qilib ko’rishlari mumkin, chunki bu ularning qo’l harakatini o’stirishga yordam bera di. O’quvchilarga harflarning yozilish usullarini tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf taxtasida yozib ko’rsatish lozim. O’qituvchi harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim. 1. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki, sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o’quvchilarga aniq ko’rinib tursin. 2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo’ymaslik kerak, chunki o’quvchilar o’qituvchining yozayotgandagi qo ’l harakatlarini ko’rmasalar, harflarni ko’r-ko’rona ko’chirib oladilar. Har bir harfning yozilishini o’quvchi to’g’ri o’zla shtirib olishi uchun dars jarayonida tushuntirib, ko’rsatib yozish maqsadga muvofiqdir. 3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf taxtasining to’g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o’quvchilarga ko’rinarli bo’lgan yeridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir tekisda olib borish kerak. Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko’rgazma q urollarining harflari sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo’lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50 sm o’lchamda bajarish mumkin. Ko’rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo’lish mumkin: 1) matnli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash. Ayrim o’qituvchilar ko’rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir jadval o’z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi, shuning uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida har bir jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz. 1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so’zlar, gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko’rsatish mumkin. 2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli materiallardan tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko’paytirish, og’zaki hisoblash, sonlar qatori jadvallarini ko’rs atish mumkin. 3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar:chizmalarning sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bunday jadvallarga misol qilib maydonlarning o’lchamlari, jismlarning hajmlarini o’lchash va ayr im rasmlarni ko’rsatish mumkin. 4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portretlar va fotorasmlardan iborat bo’ladi. Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o’lchov birligi jadvallari va boshqalarni olish mumkin. 5. Aralash jadvallar.O’quv jadvallarini asosiy yo’llanmalariga qarab, quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: a) bilish; b)tushuntirish; d) mashq Download 349.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling