4-mavzu. Bozor iqtisodiyoti va o`zbekistonning unga o`tish tamoyillari
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta`minlash. Ikkinchidan
Download 104.3 Kb.
|
4-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`rtinchidan
- Birinchi vazifa
- Ikkinchi vazifa
- To`rtinchi vazifa
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta`minlash.
Ikkinchidan, o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi. Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog’i, qonunlarning ustunligi ta`minlanmog’i lozim. To`rtinchidan, bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o`tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish tamoyili alohida e`tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko`nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo`ladi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib mamlakatimiz birinchi Prezidenti marhum I.A. Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko`rsatiladi. Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo`llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo`lmagan qismning ulushini oshirish ko`zda tutiladi. Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi. Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so`mni yana ham mustahkamlashdan iborat. Bu esa so`mning konvertatsiyasi, qat`iy valyutalarga erkin sur`atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta`sirchan choralarni qo`llash, iste`mol mollari ishlab chiqarishni ko`paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to`ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo`li bilan erishiladi. To`rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o`zgartirish, xom-ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tish. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti marhum I.Karimov ta`kidlab o`tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko`zda tutadi. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o`tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish; Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo`naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; Kichik va o`rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o`rin olishiga erishish; Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko`lamda integratsiyalashuvini ta`minlash; Iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom ettirish. Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o`tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o`tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo`nalishlari belgilanadi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: - mulkiy munosabatlarni isloh qilish; - agrar islohotlar; - moliya-kredit va narx-navo islohoti; - boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; - tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; - ijtimoiy islohotlar. Download 104.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling