4 Mavzu: Dialektika nazarisi. Rivojlanishning umumfalsafiy qonunlari va kategoriyalari. Ma’ruza rejasi


Download 98.85 Kb.
bet8/16
Sana08.05.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1447194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
4 мавзу Диалектика назарияси Ривожланишнинг умумфалсафий қонунлари (2)

3-savol bayoni: Ma’lumki, narsa va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi “Buyumlar mantiqini”, ya’ni ob’ektiv dialektikani tashkil qiladi. Bu ob’ektiv dialektika inson tafakkur mantiqida, ya’ni sub’ektiv dialektikada ma’lum bir ilmiy tushunchalar, kategoriyalar ko‘rinishida aks etadi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlarning umumiy va muhim belgilari ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z – fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi.
Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Falsafa tarixida kategoriyalar masalasi Arastu tomonidan batafsil ishlab chiqilib, “Metafizika”, “Kategoriyalar” nomli asarlarida ko‘plab kategoriyalarning falsafiy ahamiyatini ta’riflab va tavsiflab bergan.
Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi.

Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling