4-mavzu: diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida diqqat haqida tushuncha


Download 26.51 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1505988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu psixalogiya

Diqqat. Diqqat turlari
Diqqat deb, ongni bir nuqtaga toʻplab, muayyan bir obektga faol qaratilishiga aytiladi; biz oʻz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, oʻzimizning qilgan ishlarimiz, oʻy va fikrlarimiz diqqatning obekti boʻla oladi.
Diqqat paytida ongning bir nuqtaga toʻplanishi ong doirasining torayishidan iborat boʻladi; bunda goʻyoki ong doirasi anchagina tigʻizlanadi. Ana shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (yaʼni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasavurlar, fikrlar) juda toʻla, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini taʼminlaydigan ichki faollikdir. Diqqat faolligi jihatidan ixtiyorsiz va ixtiyoriy deb farqlanadi. Diqqat asosan ikki turga, ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning xohishimizdan tashqari hosil boʻladigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni tugʻdiruvchi sabablar, avvalo, shaxsga taʼsir qiluvchi qoʻzgʻovchilarning goʻzalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, o‘zoq davom etishi, toʻsatdan sodir boʻlishi, kontrastligi hisoblanadi. M: Qattiq tovush, momaqaldiroq, otilgan oʻqning ovozi beixtiyor ravishda diqqatimizni oʻziga tortadi. Kutilmagan holda toʻsatdan sinfga uchib kirgan kapalak ixtiyor¬siz ravishda talabalarning diqqatini oʻziga tortadi. Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajribamiz bilan bogʻliq boʻlgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob bera oluvchi hamda bizda maʼlum bir hissiyot uygʻota oluvchi narsalarning taʼsiri bilan ham vujudga keladi.Ixtiyorsiz diqqatning dastlabki fiziologik asosi orientirovka yoki tekshirish reflekslaridan iborat. Bu reflekslarni akademik I.P. Pavlov boshqacha nom bilan «bu nima ekan» refleksi deb ataydi.
Diqqatning qaratilishi lozim boʻlgan narsani oldindan belgilab olib, ongli ravishda qoʻyilgan maqsad bilan ishga solingan diqqat ixtiyoriy diqqat deyiladi.
Bu diqqatning boshlanishi irodaning ishtirokini talab qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi asosan qiyinchiliklarni engish bilan bogʻliq boʻlgan irodaviy zoʻr berish darajasi bilan harakterlanadi.
Talabaning tushuntirilayotgan yangi darsni eshitib oʻtirishi shu ixtiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli boʻla oladi. Bunda talaba «eshitib oʻtiraman» deb, oʻz oldiga maqsad qoʻyadi va oʻz diqqatini faqatgina oʻqituvchining soʻziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning bilan birga, talaba beixtiyor ravishda paydo boʻlib, oʻqituvchining soʻzini eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlarni yoʻqotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, masalan, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq koʻrinadi. Juda koʻp har xil ishlar borki, ular asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi, masalan: gʻisht teruvchining ishi, ekskavatorda ishlash.
Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham oʻzining yoʻnalishiga koʻra tashqi va ichki boʻlishi mumkin.
Kishilarning ongidan tashqarida boʻlgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastaval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon boʻladi. Tikuvchining ishida sodir boʻladigan diqqat tashqi diqqatga misol boʻla oladi. Oʻquvchining kitob oʻqishdagi, suratlarni koʻrishdagi va tabiat hodisalarini ko‘zatishdagi diqqati ham tashqi diqqatga misol boʻla oladi. Narsa va hodisalarni qaysi sezgi aʼzolarimiz bilan idrok qilayotganimizga qarab, tashqi diqqatni koʻrish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish, hid bilish va taʼm bilish turlariga ajratish mumkin.

Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling