4-mavzu: diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida diqqat haqida tushuncha


Download 26.51 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1505988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu psixalogiya

Diqqatning asosiy xususiyatlari
Diqqatning koʻchuvchanligi. Diqqatning koʻchishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa bir narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga oʻtishini tushunamiz. Masalan, odam oʻz diqqatini kitob oʻqishdan surat koʻrishga, surat koʻrishdan esa oʻz fikrlarini bayon etishga koʻchirishi mumkin. Oʻquvchilar oʻz diqqatlarini bir fanni oʻqishdan boshqa fanga koʻchiradilar, matematikadan tarixga, tarixdan rus tiliga va shuning kabilar. Diqqatning koʻchishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir boʻlishi mumkin.Diqqatni koʻchirishning nerv-fiziologik asosi, asosan, ikkinchi signallar sistemasining signallari orqali bosh miyaning poʻstida paydo boʻlgan optimal qoʻzgʻalish oʻchogʻining oʻrin almashtirishidir.
Diqqatning koʻchirilishi koʻp hollarda qiyinchiliklar bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, baʼzan diqqatni bundan oldingi obektdan ajʼratish qi-yin boʻlsa, boshqa hollarda oldingi ishining ketidan qilinadigan yangi ishga kirishib ketish qiyin boʻladi. Eng yaxshi diqqat, albatta, bir narsadan ikkinchi narsaga tez koʻcha oladigan diqqatdir. Diqqatning mana shunday xususiyati tufayli, kishi atrofidagi muhitga tez moslasha oladi hamda oʻzgaruvchan sharoitdagi turli elementlarning ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi.Diqqatning boʻlinishi. Maʼlum faoliyat jarayonida diqqat birgina narsaga emas, balki ikki va uch narsaga ham qaratilishi mumkin. Diqqatimiz ayni vaqtda ayrim faoliyat turlariga boʻlina oladi. Faqat birgina narsaga qaratilgan diqqatni konsentrasiyalashgan (yigʻilgan) yoki toʻplangan diqqat deyiladi. Masalan, ninaga ip taqishdagi, qoʻlda biror narsa tikishdagi, matematik masala echishdagi, maʼro‘za eshitishdagi diqqatimiz shunday diqqatdir. Agarda diqqat faqat bir murakkab ish jarayonining oʻzida ikki yoki uch narsaga qaratilgan va faoliyatning turli usullari bilan bogʻliq boʻlsa, bunday diqqatni boʻlingan yoki taqsim qilingan diqqat deyiladi. Masalan, Oʻqituvchi darsni tushuntirish paytida oʻz diqqatini oʻquvchilar xul-qiga, koʻrgazma qurollarni koʻrsatishga, sinf doskasiga va shu kabilarga taqsimlashi lozim.
Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U goʻyoki bir vaqtning oʻzida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida oʻylash, uchinchi narsani eshitish va toʻrtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlarni bajara olgan emish. Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning boʻlishi mutlaqo mumkin emas. Har holda Yuliy Sezar diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez koʻchirish qobiliyatiga ega boʻlgan boʻlsa kerak. Shu sababli, Yuliy Sezar oʻz diqqatini bir vaqtning oʻzida toʻrt xil faoliyatga qarata oladi, deb oʻylaganlar.
Doklad yoki maʼro‘zani ham eshitib, ham yozib borishimiz mumkin. Bunda maʼro‘zani deyarli avtomatik ravishda yozib boriladi; lekin vaqt-vaqti bilan ongimiz nazorat qilib turadi. Diqqatning bunday boʻlinishida unchalik zoʻr berishni talab qilmaydigan, yaʼni odat boʻlib qolgan ish, miya poʻstining maʼlum darajada tormozlangan qismlari orqali «boshqarilishi» mumkin.Diqqatning koʻlami. Diqqatning koʻlami — diqqatga eng qisqa vaqt ichida (goʻyoki birdaniga) sigʻishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat koʻlami jihatidan tor yoki keng boʻlishi mumkin.
Tajriba qilib tekshirishda diqqatning koʻlami, odatda, tekshirilayotgan odamga ayni bir vaqtning oʻzida bir qancha oʻzaro bogʻlanmagan harflarni, soʻzlarni, narsalarni va turli shakllarni koʻrsatish yoʻli bilan aniqlanadi.
Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik koʻpini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sigʻdira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng boʻladi.
Diqqatning koʻlamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus asbob qoʻllaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez koʻrsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan koʻrsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi. Taxistoskop vositasi bilan oʻtkazilgan tajribalar koʻrsatishicha, katta yoshli odam ayni vaqtning oʻzida diqqat doirasiga uchtadan to oltitagacha bir-biriga bogʻliq boʻlmagan narsalarni, masalan, undosh harflarni, shakllarni sigʻdira oladi. Diqqat koʻlamining fiziologik asosi miya poʻstida optimal qoʻzgʻalgan joyning kengayishi yoki torayishidan iborat.Diqqatning kuchi va barqarorligi. Diqqatning kuchi va barqarorligi uning muhim xossalaridan hisoblanadi. Diqqatning kuchi turli darajada boʻlishi diqqat kuchli va kuchsiz boʻlishi mumkin. Diqqat qanchalik kuchli boʻlsa, u diqqat obektiga shunchalik koʻp toʻplanadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz boʻlgan narsalarga shunchalik kam chalgʻiydi. Oʻquvchining diqqati har xil, hatto kuchsiz darajadagi chetki qoʻzgʻovchilardan, chunonchi, qalamning tushib ketishiga, qoʻshni partadagi oʻrtoqlarining pichirlashganiga, koridorda boʻlayotgan gaplarga chalgʻib ketaversa bu ayni vaqt¬da oʻquvchining diqqati kuchsizligidan dalolat beradi. Agar oʻquvchi bunday chetki qoʻzgʻovchilar (baʼzan hatto kuchli qoʻzgʻovchilar) taʼsirini ham goʻyo «sezmay», balki muayyan bir ishga berilib qunt bilan ishlasa, bu ayni vaqtda oʻquvchi diqqatining kuchliligidir. Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki toʻgʻridan toʻgʻri parishonlik deyiladi.

Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling