4-mavzu: diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida diqqat haqida tushuncha
Download 26.51 Kb.
|
4-mavzu psixalogiya
Xotira haqida umumiy tushuncha.
Psixik manbalarda koʻrsatilishicha, psixikaning eng muxim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi taʼsirotlarning aks ettirilishidan oʻzining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida baʼzi bir oʻzgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, koʻnikma, malaka va bilim koʻlami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Maʼlumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobigʻida hosil boʻladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yoʻqolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin boʻlmas edi. Madomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan oʻzaro bogʻlanib, asta-sekin mustaxkamlanib, miya qobigʻida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, xayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi. Hozirgi davrda qoʻllanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda taʼrif berilib kelinmoqda: “ Individning oʻz tajribasida esda olib qolish, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Lekin bu tarifda xotiraga taaluqli boʻlgan juda ko‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar oʻz aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haq-huquqimiz yoʻq. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdan-bir yoʻli, bizningcha unga mana bunday tarzda taʼrif berishdan iborat: “ Xotira atrof-muhitdagi voqeilikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexaniq yoʻl bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish va tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yoʻnaltirilgan mnemik (yunoncha mnema – xotira) faoliyatdir. Shuni qatʼiy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan taʼrif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini toʻla taʼkidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallik daʼvo qilish degan ibora emas, chunki unda obʼektivlik (tashqi) va subʼektivlik (ichki) yuzasidan maʼlumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsa hojat ham imkoniyat ham yoʻqdir. Taʼrifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib koʻrsatilgan, lekin ularning har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, hoh bilish, hoh mnemik holat boʻlishidan qaʼtiy nazar va oʻsha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish uning individual tajriba koʻlami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga bogʻliq. Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qoʻllash uchun esga tushirish taqozo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. Oʻzlashtirilgan materiallarni ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga bogʻliqdir. Ana shuning uchun har-hil holatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-atvori hayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi nuqtai nazarlar ham mavjud; ular oʻzaro mezonlari va sharhlari bilan tafovutlanadilar. Psixologik ilmiy adabiyotlarda koʻp marotaba taʼkidlanishiga binoan, xotira barcha ruhiy jarayonlarning eng muxim tasnifi boʻlishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiyilik nisbatini taʼminlab turadi. Download 26.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling