4-mavzu: diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida diqqat haqida tushuncha


Download 26.51 Kb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1505988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu psixalogiya

Diqqatning barqarorligi.
Diqqat maʼlum darajada barqaror va beqaror boʻlishi mumkin.Uzoq muddatgacha bir narsaning oʻziga qaratilib tura oladigan diqqat barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa narsalarga, kcraksiz narsalarga chalgʻiyversa yoki tez sustlashib va soʻnib qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi.
Diqqatning taraqqiy etishi
Bolalar diqqati juda erta hayotlarining birinchi oylaridayoq koʻrina boshlaydi. Dastavval ixtiyorsiz diqqat namoyon boʻladi. Bola oʻz diqqatini biron jihati bilan rang-barangligi, ohangdorligi, harakatchanligi bilan ajralib turuvchi maʼlum bir narsalarga qaratadi. Bolalarning yoshlari ulgʻaygan sari, oʻyin faoliyatlari davomida, tarbiya taʼsiri bilan ixtiyorsiz diqqatlari taraqqiy qila boradi. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi oʻsib borayotgan hissiyot, ehtiyoj va qiziqishlar bilan bogʻliqdir. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi shundan iboratki, bunda ixtiyorsiz diqqatni tugʻdiruvchi narsalar doirasi orta boradi. Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat anchagina kuchli va barqaror boʻla boradi.
Bola diqqatining toʻplanishi va bir qadar barqarorligini saqlab turishi uchun yoshlik paytidan boshlab beitiyor oʻziga jalb qiladigan qoʻzgʻatuvchilarning taassurotini engishga toʻgʻri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartibli, yakka, intizomli boʻlishga va jamiyat ichida yashash qoidalariga oʻrgatadilar. Bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. Keyinchalik, 3-5 yoshlardan boshlab, ixtiyoriy diqqat bolaning oʻz tashabbusi bilan ham oʻsa boshlaydi.
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat, maktab yoshidan boshlab, xususan tez oʻsa boshlaydi. Oʻqish ishida darsni eshitish, kitob oʻqish, masalalarni echishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Shuning bilan birga, oʻqish jarayonining oʻzi ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va barqarorligining oʻsishiga yordam beradi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollar:

1. Diqqat deb nimaga aytiladi ?


2. Diqqatni faolligi jihatidan nechta turga boʻlish mumkin ? Tushuntirib bering ?
3. Diqqatning fokusini aniqlang ?
4. Irodaviy diqqat deb nimaga aytiladi ?
5. Ixtiyorsiz diqqatning fiziologik asosini koʻrsating ?
6. Tashqi diqqatni taʼriflang ?
7. Diqqatning paydo boʻlishida hissiyotning, fikrlarning, istaklarning taʼsiri bormi
8. «Dominanta» prinsipini taʼriflang?
9. Diqqatning asosiy xususiyatlarini ajrating va tushuntiring ?
10. Diqqatning koʻlami deganda nimalarni bilasiz ? Gapirib bering ?
11. Diqqatni koʻchirishning nerv-fiziologik asosini isbotlang ?
12. Konsentratsiyalashgan diqqat haqida fikringizni bayon qiling ?
13Diqqatning kuchi va barqarorligini asoslang ?
14 Diqqatning koʻlamini aniqlash uchun ishlatiladigan maxsus asbobni taʼriflang ?

Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling