4-mavzu: diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida diqqat haqida tushuncha


Diqqatning fiziologik mexanizmlari


Download 26.51 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1505988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu psixalogiya

Diqqatning fiziologik mexanizmlari.
Diqqatning fiziologik asosini bosh miya poʻsti qismidagi «optimal qoʻzgʻalish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib koʻrsatish uchun I.P. Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda uning ichidagi miya koʻrinadigan boʻlsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal qoʻzgʻalish uchun eng yaxshi sharoit tugʻilgan nuqtasi yiltillab koʻrinadigan boʻlsa edi, ongi sogʻlom boʻlib, bir narsani oʻylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim shar¬larida juda gʻalati jimjimador shakl boʻlib, surati va hajmi har lahzada bir oʻzgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorugʻ narsaning u yoqdan-bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorugʻ narsa atrofidagi boshqa erlari birmuncha xira tortib turganini koʻrar edi» (Polnoe sobranie sochineniy, III torn, 1-kitob, 248-bet).
Optimal qoʻzgʻalish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga koʻra, bosh miya poʻstining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi. «Miya yarim sharlarining optimal qoʻzgʻalishga ega boʻlgan qismida, - deydi I. P. Pavlov, - yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil boʻladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo boʻladi. Shunday qilib, optimal qoʻzgʻalishga ega boʻlgan joy ayni chogʻda bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa boʻladi. Miya yarim sharlarining sust qoʻzgʻalgan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chogʻdagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qoʻzgʻovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir. Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb ataydigan subektiv faoliyatdan iboratdir.
Dominonta prinsipi.
Diqqatning fiziologik asosi boʻlmish optimal qoʻzgʻalish oʻchogʻi haqidagi I.P. Pavlov taʼlimoti bilan akademik A.A. Uxtomskiyning olib borgan tekshirishlari bir-biriga toʻgʻri keldi. Bu tekshirishlar natijasida quyidagilar maʼlum boʻldi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qoʻzgʻovchilar bir vaqtda taʼsir esa, bosh miya poʻstida shu onning oʻzida bir necha qoʻzgʻalish oʻchoqlari paydo boʻladi. Shu bilan birga, har bir qoʻzgʻalish oʻchogʻi bosh miya poʻstining hamma eriga tarqalishga, irradiasiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qoʻzgʻalish oʻchoqlari oʻrtasida toʻqnashish va «ko‘rash» sodir boʻladi. Bu ko‘rash natijasida qoʻzgʻalish oʻchoqlaridan biri hukmron (dominanta) boʻlib oladi. Mana shu hukmron boʻlib olgan qoʻzgʻalish oʻchogʻini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan taʼrifiga koʻra, dominanta - bu ayni chogʻda markazda sodir boʻladigan reaksiyalar harakterini bir qadar belgilab beruvchi hukmron qoʻzgʻalish oʻchogʻidir.Dominantalar mavjud boʻlgan paytda boshqa qoʻzgʻalish oʻchoqlari («sub-dominantalari nisbatan kuchsiz qoʻzgʻalish oʻchoqlari) koʻpincha yoʻqolib ketmaydilar. Ular dominantaga qoʻshilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan ko‘rasha boshlaydilar. Bu ko‘rash jarayonida subdominanta dominanta boʻlib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa subdominanta boʻlib qolishi mumkin. Hukmron qoʻzgʻalish oʻchogʻi boʻlgan dominanta diqqatimizning maʼlum narsaga yoʻnaltirilishi va toʻplanishining fiziologik asosidir.

Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling