4-mavzu. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologiyaning ahamiyati Reja


Tizim faoliyatini kafolatlovchi muvofiqliklar


Download 326.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi326.04 Kb.
#1107114
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Tizim faoliyatini kafolatlovchi muvofiqliklar. Ergonomika sohasida “Inson-
mashina-muhit” tizimining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi quyidagi besh xil 
muvofiqlik mavjud: 
Ma’lumotlar muvofiqligi. Ko‘pgina texnologik jarayonlarni bajarilishida 
inson bevosita ularni ko‘z bilan ko‘rib boshqarmaydi, ya’ni bunday jarayonlar yopiq 
texnik tizimda amalga oshadi.
Biofizik muvofiqlik. Texnik tizimda texnologik jarayonlarni bajarish vaqtida 
ma’lum darajada zararli omillar yuzaga keladi, jumladan chang, turli xil gazlar, 
shovqin, titrash, nurlanish va boshqalar. Texnologik jarayon muhiti ko‘rsatkichlarini 
inson sog‘ligi va hayotiga ta’sir etmaydigan holda loyihalash biofizik 
muvofiqlikning asosiy sharti hisoblanadi.
Energetik muvofiqlik. Insonning jismoniy kuchi va energetik ko‘rsatkichlari 
tizimning sensomotor maydoni ko‘rsatkichlari bilan mos kelishi zarur.
Fazoviy-antropometrik muvofiqlik - faoliyat davrida insonning gavda 
o‘lchamlarini, tashqi fazoviy imkoniyatlarini, ishchining ish holatidagi gavda 
joylashuvini hisobga olish demakdir.
Texnik-estetik muvofiqlik – Inson mashinada ish bajarganda yoki asbob va 
qurilmalardan foydalanganda o‘zida ijobiy hissiyotlar hosil qilishi zarur.
Hayot faoliyat xavfsizligining psixologik asoslari 


Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni (jarohatlanishlar, 
shikastlanishlar, kasallanishlar, yong‘inlar va b.) kamaytirish muammosini faqatgina 
muhandislik uslublari orqali hal etib bo‘lmaydi. Shu sababli, mehnat xavfsizligi 
psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin to‘tadi. 
Xavfsizlik psixologiyasi - insonning mehnat va boshqa turdagi faoliyati 
davrida yuzaga keladigan baxtsiz hodisalarning psixologik sabablarini o‘rganish 
asosida faoliyat xavfsizligini oshirish uslublari va usullarini ishlab chiquvchi 
psixologik bilim sohasi hisoblanadi.
Xavfsizlik psixologiyasining ob’ekti sifatida xavf bilan bog‘liq bo‘lgan turli 
xil ko‘rinishdagi inson faoliyati qabul qilinadi. 
Xavfsizlik psixologiyasining tadqiqot predmetiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
– faoliyat davrida yuzaga keluvchi va xavfsizlikka ta’sir qiluvchi ruhiy 
jarayonlar; 
– faoliyat xavfsizligiga ta’sir etuvchi insonning ruhiy holati; 
– faoliyat xavfsizligiga ta’sir etuvchi insonning ruhiy xususiyatlari. 
Insonning xarakteriga bog‘liq holda o‘z faoliyatini xavfsiz olib borishi asosan 
quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 
– inson o‘z manfaatlarini qondirish maqsadida mehnat qurollari 
takomillashdi, zamonaviy texnik tizimlar ishlab chiqildi va shunga bog‘liq holda 
xavflarning yangi turlari hosil bo‘ldi. Insonning jismoniy va ruhiy imkoniyatlari 
tashqi xavf darajasini o‘sish sur’atiga nisbatan sekin rivojlanadi, ya’ni texnika va 
texnologiyani rivojlanishi bilan insonning xavfga qarshiligi xavf darajasiga nisbatan 
orqada qoladi; 
– o‘ta xavfli, xavfli yoki zararli ish sharoitlarida insonni xavfsizlik talablariga 
rioya etmaslik, xato qilish ehtimoli ortadi; 
– insonni xavflarga asta-sekin ko‘nikib, moslashib borishi natijasida baxtsiz 
hodisalarni orta boradi. Masalan, inson vaqtdan yutish maqsadida ish vaqtida ayrim 
xavflarni nazardan chetda qoldiradi, lekin hamma vaqt ham baxtsiz hodisalar ruy 
bermaydi. 
– barcha xavflar ham baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarmaydi degan 
tushunchalarni hosil bo‘lishi, ishda ko‘z bo‘yamachilik va aldashlarga yo‘l 
qo‘yilishi. Xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik ayrim vaqtlari mumkin va bu 
xavfsiz, hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi degan hissiyotlarni paydo bo‘lishi; 
– texnika va texnologiyalarning takomillashishi natijasida xavfsizlik 
talablarini mustaqil o‘zlashtirish darajasini, o‘z ustida ishlash sur’atini pasayishi; 
– xavfsizlik qoidalari va talablarini bajarib bo‘lmaydigan darajada qattiq 
qo‘yilishi; 
– ish unumdorligi va xavfsizlik o‘rtasidagi qarama qarshilik, ya’ni xavfsizlik 


qoidalari va talablarini to‘liq bajarilishini ta’minlash ish unumdorligini oshishiga 
ma’lum darajada to‘sqinlik qilishi. 

Download 326.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling