4-mavzu. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologiyaning ahamiyati Reja
Download 326.04 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhiy jarayonlar
- Ruhiy holat
- Psixogen o‘zgarishlar
- Baxtsiz hodisalarning asosiy psixologik sabablari.
Xavfsizlik
psixologiyasi deganda insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi. Xavfsizlik psixologiyasi mehnat faoliyati jarayonida yuz beradigan ruhiy jarayonlarni, ruhiy xususiyalarni va ruhiy holatlarni chuqur o‘rganadi va tahlil qiladi. Ruhiy jarayonlar ruhiy faoliyatning asosini tashkil etadi. Ruhiy jarayonlar bilish, emotsional va irodaviy sezish (his qilish, idrok qilish, xotirlash va b.) kabi turlarga bo‘linadi. Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy fazilatlar). Ruhiy xususiyatlarga insonning xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati, shaxsiy fazilatlarga esa intellektual, emotsional, axloqiy va mehnat qobiliyati hamda irodasi kiradi. Xususiyatlar barqaror va doimiy hisoblanadi. Ruhiy holat - ruhiy jarayonlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etuvchi ruhiy faoliyat xususiyatini bildiradi. Paroksizmal holat – turli xil toifadagi hushdan ketish (bosh miyaning organik kasallanishi, epilepsiya, hushdan ketish), ya’ni, bir necha sekunddan bir necha minut oralig‘ida hushni yo‘qotishdir. Psixogen o‘zgarishlar va «affektiv» (affekt-hissiy portlash, emotsional portlash) holatlar ruhiy ta’sir orqali yuzaga keladi. Bunday holatda befarqlik, lanjlik, lohaslik, tormozlanganlik, e’tiborsizlik, muskul harakatining susayishi sodir bo‘lishi yuzaga keladi va bu holatlar o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyatini susayishiga, natija esa turli ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Baxtsiz hodisalarning asosiy psixologik sabablari. Bir xil sharoitda va bir xil topshiriqni bajarishda ishchilarning quyidagi shaxsiy xarakterlariga bog‘liq holda turli xil holatlar yuz berishi mumkin: asab tizimi holati; xarakteri yoki temperamenti (mijozi); miya faoliyatini xususiyati, tafakkurlash va fikrlash qobiliyati; tarbiyasi va ma’lumoti; sog‘ligi; ish tajribasi. Insonning ushbu xarakterlari xavfsizlik qoidalarini ongli ravishda buzishning quyidagi psixologik sabablarini keltirib chiqaradi: – jismoniy kuch va vaqtni tejash - o‘zining shaxsiy manfaati uchun ish sur’atini oshirish maqsadida mahsulotning sifatiga ta’sir etmaydigan ayrim jarayonlarni bajarmaslikka harakat qilishi natijasida xavf darajasini ortishi; Download 326.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling