4-mavzu: farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy buyumlar bilan ta'minoti
Farmatsevtika omborxonasining tuzilishi
Download 291.29 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Dorixona omborxonasi
4.3. Farmatsevtika omborxonasining tuzilishi
Zamonaviy farmatsevtika ombori - muayyan tuzilishga ega bo‘lgan murakkab texnik tuzilmadir. Omborxona xonalari bajaradigan funksiyasiga qarab dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni joylashtirish va berish, xonalari bir- biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi, xamda ularning xavfsizligi ta'minlanishi kerak. Omborni to‘g‘ri tashkil etilishi tashkilotning raqobatbardoshliligiga, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga, xarajatlarni ortmasligiga, ish samaradorligining sezilarli ortishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Farmatsevtika omborxonalari binosining kirish qismida tashkilotning nomi, tashkiliy-xuquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchvi peshlavxa bo‘lishi kerak. 2-rasm. Dorixona omborxonasi Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo qiluvchi tashkilotilarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, me'yorlari, yong‘in xavfsizligi qoidalari xamda dori vositalarining va tibbiy buyumlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning to‘g‘ri saqlanishini ta'minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Omborxona alohida qurilgan yoki noturar joyga aylantirilgan turar joy binolarining xonalarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda omborxona boshqa xonalardan ajratilgan, alohida kirish yo‘li va tovarlarni qabul qilish uchun alohida maydoniga ega bo‘lishi kerak. Agar omborxona turar joy binolarining noturar joyga aylantirilgan xonalarida joylashgan hollarda, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yuklash va tushirish, turar joy binosi derazalari tagida amalga oshirilmasligi kerak. Omborxonada elektr ta'minoti, issiqlik va suv ta'minoti, kanalizasiya tizimi hamda havo almashtirish uskunasi bo‘lishi kerak. Dorixona omborlarida boshqa soha omborlaridan farqli ravishda, asosan oliy farmatsevtik va faqat yo‘nalishdagi o‘rta mahsus ma'lumotli malakali xodimlar ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori xodimlari soni ular bajaradigan ish hajmiga (savdo hajmi) asosan belgilanadi. Xududiy qurilma va farmatsevtika ombori binosi Download 291.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling