4-mavzu: farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy buyumlar bilan ta'minoti


Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi


Download 291.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi291.29 Kb.
#1201512
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi 
Ulgurji savdo tashkilotlari- (distribyutorlar) - bu dori vositalari va tibbiy 
buyumlarini ulgurji yo‘l bilan sotib olish va ularni chakana savdo nuqtalariga qayta 
sotishni amalga oshiruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor. 
- distribyutorning vazifasi-dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish olish, joylash, 
saqlash, ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar) o‘rtasidagi uzilishni 
yo‘qotib, buyurtmalar asosida ularni ta'minlash; 
- distribyutor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilardan sotib 
olish narxi va chakana savdo tarmoqlariga yetqazib berish narxi o‘rtasidagi farqi xisobiga 
faoliyat yuritadilar. 
Aniq bir tasnif xususiyatiga qarab, ulgurji farmatsevtika tashkilotlari quyidagilarga 
bo‘linadi: 
- xududiy ulgurji tashkilotlar, tovarlarni ulgurji savdosi jarayonini tugatib, 
farmdistribyutorlar va maxalliy ishlab chiqaruvchilarning maxsulotlarini sotib oladilar
so‘ngra farmatsevtika maxsulotlarini chakana savdo tarmoqlariga (dorixonar) olib 
chiqadilar, chunki ular bozorda o‘z ta'sir doirasini aniq belgilaydilar. 
- ixtisoslashtirilgan ulgurji tashkilotlar - bir yoki bir necha gurux tovarlarning bir xil 
iste'mol xususiyatlari va maqsadlari bilan olish va sotishlarini amalga oshira oladilar 
(masalan ortopediya tovarlar). Agar ulgurji tashkilot muayyan tovarlarni sotishga 
ixtisoslashgan bo‘lsa, unda bu diler va ma'lum bir ishlab chiqaruvchining tovarlarini 
sotishda ixtisoslashgan bo‘lsa-bu rasmiy diler deb ataladi. 
-universal ulgurji farmatsevtika tashkilotlari turli dori vositalari va tibbiy 
buyumlarini sotadi va sotib oladi. 


-mustaqil ulgurji tashkilotlar - savdo-sotiq faoliyatiga ixtisoslashgan mustaqil 
tovarlarning ulgurji savdosi, mol-mulkni butunlay ulgurji savdoga o‘tqazish yo‘li bilan 
sotib, to‘liq xajmini amalga oshirish. 
Xozirgi vaqtda qator rivojlangan mamlakatlarda ulgurji sotish tegishli yaxshi 
amaliyotning qoidalari (GDP – Good Distribution Practice) mavjud. Ushbu hujjatda tovar 
xakaratining har bir bosqichlarida dori vositalari sifatini, qayd qilinishini, saqlash 
talablarini bajara oladigan, yetkazib berish kafolatini va boshqalarni ta'minlab beradigan 
tegishli ulgurji savdoning asosiy negizlari belgilangan. Ushbu hujjat dori vositalarining 
ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi xodimning bilim darajasi va tajribasiga qo‘yilgan 
talablarni ham o‘z ichiga olgan. Ulgurji sotish jarayonida zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar 
sanab o‘tilgan bo‘lib, ular dori vositalari harakatini aks ettiruvchi, turli xil logistik 
jarayonlarini izoxlaydigan buyurtmalar, yo‘riqnomalardir. 
Yaxshi saqlash amaliyoti (GSP) –farmatsevtika tovarlarini to‘g‘ri saqlash va tashish 
uchun mo‘ljallangan qator chora-tadbirlarni belgilaydi. Mazkur standartning asosiy 
maqsadi ishlab chiqaruvchilardan iste'molchiga yo‘naltirilgan mahsulot sifatini saqlab 
qolishdir. Ushbu qoidalar JSST mutaxasisslari qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan boshqa 
GSP standartlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, aniq chora-tadbirlar tavsifini o‘z ichiga 
oladi. GSP qoidalari farmatsevtika mahsulotlarini saqlash, tashish va tarqatish bilan 
bog‘liq barcha xodimlarga taaluqlidir. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida 150ga yaqin 
mahalliy ulgurji savdo tashkilotlari faoliyat yuritmoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi № 5229- son 
farmoishga muvofiq “O‘zmedimpeks” DUK moliyalashtirish manbasidan qat'iy nazar, 
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha 
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari, davlat sog‘lig‘ini saqlash 
muassasalari uchun tibbiyot texnikalari hamda maxsus tibbiyot avtotransportining yagona 
yetkazib beruvchisi, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha 
agent deb belgilangan. 
“O‘zmedimpeks” DUKning asosiy vazifalari etib farmatsevtika tarmog‘ini barqaror 
rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish orqali 
ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari faoliyatini 


muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot 
buyumlari bilan ta'minlashni amalga oshirish deb belgilangan. 

Download 291.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling