4-mavzu: farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy buyumlar bilan ta'minoti


-rasm. Farmatsevtik tovarlar omborxonasi


Download 291.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana15.02.2023
Hajmi291.29 Kb.
#1201512
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

3-rasm.
Farmatsevtik tovarlar omborxonasi 
 
Dorixona omborxonasi odatda alohida ob'ektlardan iborat: 
- kapital qirilmalar (omborxona binosi, ofis binosi); 
- yordamchi inshoatlar (elektr postansiyasi, kozonxona va boshkalar); 


- kommunikasiya tizimlari (elektr, gaz va suv ta'minoti, kanalizasiya); 
- yo‘llar va omborda avtotransport to’xtash va turar joylari. 
Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi 
kerak: 
-dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar; 
-termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy 
sovutgichlar; 
-havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki 
psixrometrlar); 
-alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi 
adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar; 
-echinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlash 
uchun shkaf; 
-sanitariya holatini ta'minlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‘jalik jihozlari. 
4.4.Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar 
Zamonaviy farmatsevtika omborlari – bu mahsulotlarni joylashtirish, ularni saqlash, 
tashish, nazorat va xavo almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratishni ta'minlaydigan 
ixtisoslashgan ko‘p qavatli inshoatlar hisoblanadi. Omborxona zamonaviy jixozlangan 
ichki strukturaga ega bo‘lishi kerak, unda turli xil texnika vositalari (jixozlar)dan 
foydalanadigan ko‘plab maydonlar mavjud bo‘lib, omborlar bo‘limmalarida bajariladigan 
ishlarni tartibga solish uchun optimal sharoit yaratish muximdir. Ruxsatsiz shaxslarning 
ishlab chiqarish binolariga (qabul qilish, saralash, saqlash, yig‘ish, joylash va jo‘natish 
uchun mo‘ljallangan omborning bir qismi) kirishi taqiqlanadi. 
Yuklash - tushirish maydoni bitta yoki ikkita alohida hududda bo‘lishi mumkin –
yuklash va tushirish. 
Qabul qilish- omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish 
omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni qabul qilish 
va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch kishidan iborat 
qabul hayati tashkil etiladi. Qabul hayati raisi qabul bo‘limi boshlig‘i, kichik ish xajmiga 
ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri hisoblanadi. Qabul qilish hayati tarkibiga 
bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga tegishli boshqa shaxslar xam kirishi mumkin. Ba'zi 


xollarda hayat tarkibiga mutaxasis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi 
mumkin. Qabul qilishda, yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va 
tibbiy buyumlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta'sirlaridan, yuqori 
yoki past haroratdan himoya qilish ta'minlanishi kerak. 
Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat: 
- qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari; 
- qadoqning butunligini tekshirish; 
- tovarni tushirish; 
- qabul qilish joyiga olib kelish; 
- tovarni ochish; 
- tovarni son jixatdan qabul qilish; 
- tovarni sifat jixatdan qabul qilish; 
- saqlash joyini aniqlash. 
Tovarlarni son jixatdan qabul qilish- bu hujjat asosida aniq sonining muvofiqligini 
solishtirib qabul qilishdir. Bunda quyidagi operatsiyalar bajariladi: 
- tovarlarni ochish uchun joy tayyorlash; 
- qadoqlarni ochish; 
- son jixatidan aniq hisoblash (tortish); 
- son jixatdan hujjat bilan solishtirish. 
Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarining son va sifat jixatdan 
qabul qilish qoidalari,tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning asosiy hamda 
alohida turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx-navo va boshqalarni yaxshi bilishi 
majburiydir. Dorixona omboriga zaxarli yoki giyohvandlik vositalari kelishi bilan darxol 
zaxarli va giyohvand dori vositalari saqlash bo‘limiga topshiriladi. Ularni son jixatidan va 
kuzatuv hujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi. 
Tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish – sifat bo‘yicha qabul qilishda quyidagilarga 
e'tibor qilinadi: 
- tovarshunoslar ish joyiga tovarlarni keltirish; 
- tovarlarni ochish; 
- shartnoma bitimi asosida tovarni muvofiqligini solishtirish. 
Qabul qilish jarayonida dori vositalarining qadog‘ida ezilgan, singan holatlar 
aniqlansa va kuzatuv hujjat me'yorlariga javob bermasa u tovarni identifikasiya 


qilinmaguncha alohida ajratilgan (karantin) xonaga joylashtirib qo’yiladi. Aniqlangandan 
so‘ng tovarni ishlab chiqaruvchiga qaytariladi yoki yo‘q qilinadi. 
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan 
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va 
tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta'sirini tasdiqlovchi omillar aniqlangan 
taqdirda, belgilangan tartibda muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘q 
qilib tashlanishi kerak. Bunda ular identifikasiya yoki belgilangan tartibda yo‘q qilingunga 
qadar boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus ajratilgan joyda 
dalolatnoma asosida saqlanishi kerak. 
Tovarni joylashtirish va saqlash- omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy 
buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy 
buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda 
yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda 
joylashtiriladi. 
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob-uskunalar, 
jihozlar toza holatda saqlanishi kerak. 
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy 
buyumlarning buzilishi (to‘qilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar tomonidan 
shikast yetkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminasiyasining oldini olish uchun 
tegishli choralarni ko‘rishi kerak. 
 
Talaba bilimini nazorat qilish uchun nazorat savollari 
1. 
Ulgurji farmatsevtik tashkilotlar, turlari va vazifalari. 
2. 
Ulgurji tashkilotlar tasnifi. 
3. 
“O’zmedimpeks” DUK vazifalari 
4. 
Dori vositalarni saqlash xonalariga qo‘yilgan talablar. 

Download 291.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling