4-mavzu: farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy buyumlar bilan ta'minoti


Download 291.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi291.29 Kb.
#1201512
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

4.2. Ulgurji faoliyat shakllari 
Ulgurji farmatsevtika tashkilotlari faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son “Dori vositalari va farmatsevtika 
faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish haqidagi 2016 yil 4 yanvardagi O‘RQ-399 son “O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. Mazkur 
Qarorning 1-ilovasida “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan. 
Ushbu qaror talablari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, dori 
vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek dori vositalarini 
va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Qaror 
talablariga muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va ulgurji 
savdo qiluvchi tashkilotlar tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan 
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish va farmatsevtika faoliyatini 
amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo‘lishlari shart. Farmatsevtika faoliyatini 
lisenziyalashni amalga oshirishni tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yil 12 mayda “Farmatsevtika faoliyatini lisenziyalash tartibini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 284-son Qarori”da keltirilgan. 
Ulgurji savdo shakllarini tanlash muayyan mahsulotga, bozorda uning pozisiyasiga 
(talab, bozorning to‘yinganlik darajasi), tovarni sotuvchi ulgurji kompaniya bilan tuzilgan 
shartonomaga bog‘liq. Ulgurji savdoning ikkita asosiy shakli mavjud: tranzit va ombor. 
Tranzit shaklida: tovarlar ishlab chiqaruvchidan chakana savdo tarmog‘iga yoki 
boshqa ulgurji kompaniyaga (kichikroq yoki boshqa shaharda joylashgan) ulgurji 
vositachilarning omborini chetlab o‘tadi. Ushbu shaklning afzalligi shundaki, aylanma 
mablag‘larning tezlashishi bo‘lib, natijada logistika xarajatlari kamayadi, tovarlarning 
saqlanish xavfsizligi darajasini oshiradi. Tranzit yetqazib berish, mahsulotni oraliq 
tayyorlashda sifatiga e'tibor berish zarur bo‘lmasa, qadoqlash talab qilingan taqdirda. 
Bunday xolatda ulgurji- vositachi, ishlab chiqaruvchidan jo‘natilgan mahsulotdan boshqa 
turdagi assortimentni ajratish imkoniga ega bo‘lmaydi. 


Ombor shakli: tovarlar ishlab chiqaruvchidan ulgurji savdo omborxonasiga kelib 
tushadi, keyinchalik turli distribyutorlik kanallari orqali chakana savdoga chiqariladi. 
Logistika xarajatlarni oshishiga qaramasdan, bu xolatda savdo uchun kerakli tovalar 
assortimenti turi ko‘payadi va ta'minoti yaxshilanadi. Xar bir dorixona tashkiloti uchun 
kerakli bo‘lgan tovar turlarini yaratish imkoni yaratiladi. 

Download 291.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling