4-mavzu: Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga taʻsiri. Yoshlarda Ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish zaruriyati


Ommaviy madaniyatning salbiy koʻrinishlari


Download 91.97 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi91.97 Kb.
#1026770
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
глобаллашув жараён

Ommaviy madaniyatning salbiy koʻrinishlari
Bugun yoshlarimiz oʻziga xos “tushunchalar urushi” sharoitida yashamoqdalar. “Ommaviy madaniyat” ota – bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq” degan narsalarini “qora” deb uqtirmoqda.

Kashandalik



  • AQSHda 13 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarning 6 milliondan koʻpi chekadi.

  • Passiv chekish natijasida 200 mingdan 1 milliongacha boʻlgan bolalarda astma kasalligi og‘ir shaklda kechadi.

  • Har yili bolalarda pnevmoniya, bronxit kabi yuqumli kasalliklarning soni 150 – 200 mingni tashkil qiladi. U asosan 18 oygacha boʻlgan yangi tug‘ilgan va yosh bolalarda uchraydi.

  • Bundan 10 yil avval qilingan hisob kitoblarga koʻra sayyoramizda 40 foizdan koʻp kashanda bor ekan. Ular bir soniyada 300 ming dona, 1 yilda esa 12 mln sigareta ishlatar ekan.

Kashandalar dastidan bir yilda salkam 700 tonna sinil kislota, 400 ming tonna ammiak, 600 ming tonna qoramoy va 100 ming tonna chekilgan sigaretadan atmosferaga nikotin tarqalar ekan.

Starizm

Starizm – subyektiv ehtiroslarga berilgan holda estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish. Yosh yigit – qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, chet el aktyori, qoʻshiqchisi, telediktori yoki sportchisining bir necha yuzlab rasmlarini devorlarga yopishtirib tashlaganiga koʻzingiz tushadi. Eng qizig‘i ular ana shu qahramonlarining rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qoʻyishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, “Bu sendan qimmat turadi, nega yirtding!?” – deb oʻdag‘aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari och qolsa ham non olmasdan oʻzlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto oʻzgalarga shikast etkazishdan ham.



Zo'ravonlik
Zoʻravonlik – insonga yetkaziladigan har qanday jismoniy, ma’naviy, ruhiy, moddiy tazyiqlar.
Jumladan, oʻziga nisbatan tazyiq oʻtkazish ham zoʻravonlik sanaladi. Bunday holatlar keng avj olib bormoqda. Uning koʻrinishlari ham turlicha.
1. Xeppining;
2. Toʻda – toʻda boʻlib (bir yoki bir necha kishini) doʻpposlash;
3. Yoʻq joydan janjal qoʻzg‘ab, vahshiyona urishlar uyushtirish;

Heppining
4. Oʻzidan zaif boʻlgan kishilarga kuch ishlatib, ularni biror bir nojoʻya xatti-harakatga undash yoki majburlash (yoki biror foydali xatti-harakat qilishdan qaytarib qolish) va boshqalar.
Heppining (vahshiyona «koʻngil ochish»lar). Bu kabi voqealar bizning yurtimizda deyarli kuzatilmaydi. Lekin “ommaviy madaniyat” mahsuli boʻlgan film va oʻyinlarning yurtimiz sarhadlariga yashirinib, sezdirmay kirib kelishi va ularning yosh avlod tomonidan qabul qilinishini mamlakatimizda ham heppining boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Ogoh boʻlaylik.


Download 91.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling