4-mavzu: Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga taʻsiri. Yoshlarda Ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish zaruriyati
Download 91.97 Kb.
|
глобаллашув жараён
Globallashuv jarayoni 2 guruhga ajratiladi:
Globalistlar tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar koʻproq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan boʻlib, ular orasida koʻproq soʻl kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar. Ular doimiy ravishda turli anjumanlar, seminarlar oʻtkazib turadilar. XX asr oʻrtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi jadallashgandan keyin bu jarayonning oʻzi ham keskin tezlashdi va kuchaydi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butun jahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham koʻrishimiz mumkin. Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchayib ketdi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman, uning oʻziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, Rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovyev “Aksilglobalizm vektorlari” nomli anjumanda soʻzlagan nutqida shunday deydi: “Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik koʻrsatishdan boshqa yoʻlini koʻrmayapman. Faqat qarshilik!”, – degan edi. “Aksilglobalizm vektorlari” anjumanidagi yana bir ma’ruzachi A.Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: “Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qoʻshimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zaxiralarini oʻzlashtirishdan iborat”. Tahlil shuni koʻrsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida oʻzining aksini yetarli darajada topgani yoʻq. Download 91.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling