4-mavzu: Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga taʻsiri. Yoshlarda Ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish zaruriyati


Prozeletizm – oʻz dinidan voz kechib, boshqa bir dinni qabul qilishdir


Download 91.97 Kb.
bet6/6
Sana18.12.2022
Hajmi91.97 Kb.
#1026770
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
глобаллашув жараён

Prozeletizm – oʻz dinidan voz kechib, boshqa bir dinni qabul qilishdir.
U oʻz mohiyatiga koʻra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham koʻrish mumkin. Xususan, bizga qoʻshni boʻlgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qoʻyish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon Ota-onalari oʻz farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini oʻz musulmon birodarlari yotgan joyga qoʻyishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi oʻz oʻg‘lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, oʻz nabirasini musulmon urf-odatlariga koʻra bu udumni istagani tufayli ota-bola oʻrtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
Virtual olamda buzg‘unchi kuchlar targ‘ib etayotgan illatlar ta’siriga qarshi kurashda xalqimiz xulq-atvori, diniy-milliy qadriyatlardan mustahkam joy olgan diyonat, poklik, halollik, odamiylik, hayo va iffat kabi koʻplab fazilatlarning oʻrni beqiyos. Ushbu fazilatlarni yosh avlod qalbi va shuuriga singdirish barobarida ularni xar xil zaharlovchi unsurlar ta’siridan asrashda sustkashlikka aslo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Internet ijtimoiy tarmoqlarida sog‘lom e’tiqodga tahdid

Internet buzg‘unchilar makoniga aylanishining sabablari:
Hozirgi tahlikali zamonda Internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli ma’lumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, odob – axloqni emiruvchi manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi aniq. Internet yordamida ishlar oson va tez bajariladi. Lekin keyingi vaqtlarda Internet bilan bog‘liq buzg‘unchiliklar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanayotganlar koʻpayib bormoqda. Asosiy muammo Internetdan kim qanday maqsadda foydalanishida..



Bugun maktab oʻquvchilarining ham qoʻlida uyali telefon bor, ularning aksariyati Internetga ulangan. Bu mitti matoh yordamida dunyoni kaftda koʻrgandek kuzatish mumkin. Biroq global tuzoqlardan biriga ilinib qolish xavfi juda katta. Shu tariqa har xil ma’lumotlar bola ongini zaharlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni behuda sarflash, hech bir foydasiz suhbatlar qurish isrofdan boshqa narsa emas.
Yoshlar oʻrtasida eng ommabop sayt – “odnoklassniki.ru” kabi ijtimoiy tarmoqlar loqaydlik, hayosizlik, tubanlik targ‘ibotiga “xizmat” qilmoqda. Yoshlar tafakkurini zaiflashtirishga, ongini zaharlashga qaratilgan buzg‘unchi xabarlar tobora keng tarqalmoqda.

– Bola kompyuterda band bo'lishiga ajratilgan vaqt chegarasini buza boshlaydi.
– Hamma uy ishlarini rad etadi. Hatto xonasini tozalash, kiyimlarini yig‘ishtirish kabi o'ziga tegishli bo'lgan ishlardan bo'yin tovlaydi.
– Yaqinlari va o'rtoqlari bilan ko'rishish, suhbatlashishdan ham internetni afzal ko'radi.
– Hatto ovqatlanayotgan vaqtda ham internetdan uzila olmaydi.
– Yangi virtual tanishuvlarga juda o‘ch bo‘lib qoladi.

Hozir oʻsmir yoshlar ongiga ta’sir qilib, ular qalbiga oʻz buzg‘unchi g‘oyalarini singdirishni yoki toʻg‘ri yoʻldan ozdirishni maqsad qilgan kuchlar juda koʻp. Bu holat oddiy kompyuter oʻyinlaridan tortib, Internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida ham ochiq koʻzga tashlanadi. Internet va kompyuter oʻyinlari asiriga aylanish kasalligiga chalingan oʻsmirlar hayotdan, ma’naviy qadriyatlardan tamom uzilib, butunlay oʻyinlarga berilishi yoki ball yig‘ishga, qimorga va yutuq-sovg‘a olish kabi oʻtkinchi qadrsiz ishlarga mukkasidan ketishlari mumkin. Bolalar berilib oʻynayotgan kompyuter oʻyinlarining ildizi-negizida ham xuddi shu illatlar bor. Miyasida oʻyinlardan tinimsiz zavqlanish hissini tuyayotgan bola uchun bunday “sevimli” mashg‘ulotidan boʻlak hamma narsa asta-sekin ahamiyatsiz boʻlib qoladi. Kattalarga qaraganda bolalarda biror narsaga bog‘lanib qolish kuchli, ularning sog‘ligiga yetadigan zarar ham bir necha barobar koʻp boʻladi. Bunday holatning belgilari quyidagilarda koʻrinadi:
Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi oʻyinxonalardan birida 12 soat davomida oʻyin oʻynagan 12 yoshli bola shifoxonaga hushsiz ketiriladi va kuchli insult xuruji bois olamdan oʻtadi. Vrachlarning fikricha, bu fojiaga bolaning virtual maxluqlar bilan “jang qilishi”ga haddan ortiq darajada kirishib ketgani sabab boʻladi. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin:
Kompyuter oʻyinlarining bola shaxsiga salbiy ta'siri:
– elektro magnit toʻlqinlaridan nurlanish;
– bola ruhiy zoʻriqish-“stress” ostida qoladi;
– kitobga, oʻqishga qiziqish uning ongidan siqib chiqariladi;
– atrofdagi odamlar bilan muloqotga ehtiyoj yoʻqoladi;
– bolaning koʻrish qobiliyati juda tezlik bilan pasayadi;
– kamharakatlilik bola umurtqa pog‘onasi va mushaklarining risoladagidek rivojlanmasligiga sabab boʻladi;
– tez toliqish holati kuchayib bolaning immuniteti tushib ketadi;
– boshi aylanadigan, koʻz oldi qorong‘ilashadigan boʻlib qoladi;
– yurak qon tomir faoliyati tizimi buziladi;
– bolaning dunyoqarashi va fikrlashi keskin tushib ketadi.
Soʻnggi vaqtlarda xalqaro maydondagi yangiliklarni kuzatish asosida MDHning qator mamlakatlari, xususan, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonda oʻsmirlar oʻrtasida oʻz joniga suiqasd qilish hollari koʻpayib borayotgani haqida ma’lumotlar berilayotganligiga guvoh boʻlmoqdamiz. Xoʻsh, ularning bunday qaror qabul qilishlari va yosh umrlarini xazon boʻlishiga nima sabab boʻlayapti? 
Ma’lumotlarga qaraganda, turli ijtimoiy tarmoqlarda «koʻk kit» nomi bilan razil g‘arazgoʻylar guruhi mavjud. Ularning soni bitta emas, bir nechta ekani ham ma’lum. Achinarli va tashvishlisi shundaki, ularning g‘alamisliklariga chuv tushayotganlar hayotning achchiq-chuchugi nima ekanini bilmaydigan va dunyoqarashi shakllanish arafasida boʻlgan oʻsmir yoshlardir. Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning har birida koʻplab oʻsmirlar ushbu oʻyin qurboni boʻlishga ulgurgan. Ammo, ularning yovuz niyatlari girdobiga chuv tushayotganlar oz emasligini xalqaro yangiliklar dasturlarida koʻrish mumkin. «Oʻlim guruhi»ning topshirig‘i esa, asosan, ertalabki shirin uyqu vaqtida, tonggi 4:20 – 4:50 atrofida berilishi ta’kidlanmoqda. Ularga soʻnggi vazifa berilishida, «bu tush ekani, shartni bajarishi bilan uyg‘onishi va natijasi qanday boʻlganini bilish mumkin»ligi kabi gipnoz usullaridan foydalanilgani ham xabarlarda aytilmoqda. 


1I.A.Karimov. ”Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” -T Ma’naviyat 2008 114-bet


2Globalization and young people’s culture.Young people in a globalizing World youth report, 2003

3“A Threat to Society”( article shared By Vishal ) Topic : Terrorism in Today’s World
Security & Terrorizm Research Bulluten http:// www.grc.net/index.php?

Download 91.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling