4 мавзу. Ижтимоий ишнинг асосий – тушунчалари режа


Sotsiologik yo’nalgan yondashishlar


Download 42.67 Kb.
bet5/11
Sana19.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1364041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
f2bde0d680432bbcbf22ce3f9d18d9aa ИЖТИМОИЙ ИШНИНГ АСОСИЙ – ТУШУНЧАЛАРИ

Sotsiologik yo’nalgan yondashishlar jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi va tuzilishi, uning ijtimoiy institutlar bilan O’zaro harakatlarining qonuniyatlarini bilishga qaratiladi.
Ma`lumki, ijtimoiy ish nazariyasi sotsiologik yo’nalgan modellarining shakllanishi sotsiologiyani «ijtimoiy fizika» deb talqin etuvchi klassik pozitivizm (O.Kont, Dj.Mill, G.Spenser) ta`sirinio’zida sinab ko’rdi. SHunga binoan, har qanday ijtimoiy nazariyaga spekulyativ (quruq muhokamaga asoslangan) nazariyalashtirish va shunga asoslangan ijtimoiy falsafani klassik pozitivizm kuzatish usullari (metodlari)ni, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishning taqqoslash tarixiy-sotsiologik metodlarni, matematik medotlarni qarshi qo’yishga harakat qildi.
Pozitivizmning ajralib turadigan o’ziga xos jihatlari naturalizm, evolyutsionizm, fenomenalizm hisoblanadi. Bu erda ilmiy bilish modellari biologiya, anatomiya va inson fiziologiyasi, qisman mexanika bo’ladi. Ijtimoiy ish nazariyasi va sotsiologiyadagi pozitivizm tabiiy jarayonlarning bir qismi yoki davomi sifatida qaralgan inson va jamiyatning faoliyati va rivojlanishning o’zgarmas qonunlarini farazladi.
SHunga ko’ra, ijtimoiy ish insonning sub`ektiv roli individual – shaxsiy va ijtimoiy hayotining tabiiy ehtiyojlarini qayta tiklashini, inson va jamiyat evolyutsiyasi qonuniyatlarini inobatga olishga tayanadi. Ijtimoiy yordamning konkret masalalarini hal etishga muhim ahamiyat beriladi.
Ijtimoiy ish nazariyasining rivojlanishiga sotsiologik funktsionalizm va unga yaqin bo’lgan strukturali-funktsional tahlil va tizimli sotsiologik bilim sezilarli ta`sir ko’rsatadi va ko’rsatayapti. SHunga ko’ra, ijtimoiy ish, birinchidan, ancha keng ijtimoiy tizimning bir qismi bo’lib, u erda o’zining roli, funktsiyalarini bajaradi, bularning ta`siri jamiyatni yaxlitligini va hayotiy barqarorligini ta`minlaydi. Ikkinchidan, ijtimoiy ish o’zi bir qator muassasalarning faoliyati, ijtimoiy harakatlar, g’oyalar, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar, jamiyat bilan turli aloqada bo’lgan, O’zining rivojining ichki nisbatan mustaqil mantig’iga ega ijtimoiy institutning majmui sifatida gavdalanadi. Uchinchidan, ijtimoiy ish xodimining faoliyati funktsiyalar, O’zaro bog’langan rollar ko’rinishida, harakterli ichki strukturaga ega tizim sifatida namoyon bo’ladi. To’rtinchidan, yordamga muhtoj mijoz hayot tirikligi va faoliyatni ta`minlash uchun o’z ehtiyojlarini qondiruvchi psixobioijtimoiy mavjudotsifatida uning funktsiyalari tizimida funktsional tarzda qarab chiqiladi. Bilish ob`ekti va ijtimoiy ish sub`ekti sifatida insonni bunday izohlash pozitsiyasi etarlicha o’ziga xosdir va ijtimoiy yordamni rivojlantirish nazariyasining sotsiologik yo’nalgan modellarining butun yo’nalishi uchun xosdir.
Ijtimoiy ish nazariyasi evolyutsiyasiga XX asrda marksistik sotsiologiya muhim ta`sir ko’rsatdi. U ham insonni bir butunlikda anglash va uning ijtimoiy ish sub`ekti sifatidagi rolini tushunishning bizga ma`lum bo’lgan an`anasini izohlaydi. Marksistik sotsiologiyaning ustunlik qiluvchi ta`sirini his qilgan ijtimoiy ish nazariyasi uchun marksistik sotsiologiyaning kishilarning jamoa turmush sharoitlari, shaxsning jamoatchilikdagi yo’nalishlarini O’rganishi, printsipial ahamiyatga ega. Aynan shu ko’p jihatdan ijtimoiy ishning marksistik yo’nalgan modellarida bilish ob`ekti sifatida insonni bir butunlikda anglashni shart qilib qo’yadi. Bu erda shaxs mohiyati marksistik sotsiologiyadan so’ng ijtimoiy munosabatlar majmuining jamlangan tasvirda (ifodada) ko’rinishi tasodifiy emas.
Ijtimoiy ish nazariyasining radikal marksistik modellari insonni ijtimoiy yordamni tashkil etish va o’rganish ob`ekti sifatida gavdalantiradi, bunda avvalo uning shaxsiy ijtimoiy sifatlari, barqaror aloqalari (ijtimoiy ahvoli), u yoki bu ijtimoiy sinfiy guruhga mansubligi inobatga olinadi. SHu asosda ko’pincha aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish tabaqalanadi. Ijtimoiy ish sub`ekti, professional sifatida ijtimoiy ish xodimining faoliyat dasturi va strategiyasi shakllanadi.
SHunga o’xshash g’oyalar ijtimoiy ishning tizimli sotsiologiyaga asoslangan turlarining keng rivojlanishiga yordam beradi.
Xorijda ijtimoiy ish nazariyasida tizimli g’oyalar 70-80 yillarda keng va faol qo’llana boshlandi. Bunday yondashishning maqsadga muvofiqligining bosh argumenti kishilarning hayoti uni o’rab turuvchi turli tizimlarga bog’liq degan fikr edi. Bunda inson jamiyatning qayta tizimning bir qismi, O’z navbatida esa juda mayda zarrachalardan tarkib topgan atomlardan tashkil topgan xujayralardan iborat tizimchalarni (qon aylanish, asab tizimi, ovqat xazm qilish tizimi va boshqalar) o’zida mujassam etuvchi tizim sifatida tasvirlanadi va o’rganiladi. Bundan tashqari, inson uchun u yoki bu qarashlar, mahoratlar, ko’nikmalar, yashash muhiti bilan aloqalari tizimi ham xosdir. Ijtimoiy ishni faoliyat sifatida kiritgan holda ijtimoiy harakatning sub`ekti sifatida ham, bilish ob`ekti sifatida ham inson muammolarini tizimli tarzda anglashning alohida ahamiyatini tushunishga yo’naltirgan jamiyat va insonni bir butun deb qabul qilish bu nazariyalarning muhimligini belgilaydi.
Insonni bir butunlikda uni o’rab turuvchi olamda qarab chiqishning yana bir varianti – vitalistcha yondashishdir, bu inson hayotiy kuchlarining shakllanayotgan sotsiologik kontseptsiyasiga tayanadi. Bu tahlilning istiqbolli variantlaridan biri bo’lib, ijtimoiy ishning o’ziga xos e`tiborga loyiq nazariyalarini qo’llashga yaxshi asos beradi, biopsixosotsial mavjudot sifatida insonning hayot kechirishidagi muammolarni hal etishga genetik yondashish nazaridan uning evolyutsiyasi, hayotiy kuchlarini ijtimoiy xodimning faoliyati predmeti tashkil etadi.
Ijtimoiy ish nazariyasining vitalistcha – yo’nalgan modellarida inson muammolarini to’liq anglash avvalam bor shu bilan ta`minlanadiki, ular inson borlig’ining hayotiy kuchlarining o’zaro harakati va hayot makonining harakterini, psixobioijtimoiy mavjudot sifatida uning faoliyatini qayta tiklash va mukammallashtirishni hisobga oladi. Bunda insonning hayotiy kuchlari barcha sohalarda shaxsning individual va souial sub`ektligining birligi sifatida, individning aniq-tarixiy o’zaro bog’liqlik sharoitlarida amalga oshadigan biofiziologik, psixik va ijtimoiy imkoniyatlarining majmui sifatida tavsiflanadi.
Insonni bunday tushunish muammolari bo’lgan kishilarga yordam beruvchi ijtimoiy ish xodimi, sub`ekt sifatida uning xatti-harakati, faoliyatining mazmuniga mantiq baxsh etadi. Bu faoliyat faqat insonga bevosita yordam ko’rsatishni, uning hayotiy kuchlarini tiklashiga yordam berishni emas, balki uning yashashi uchun hayotiy makonni qulaylashtirishga ham yordam beradi.
Va nihoyat, zamonaviy jamiyatning sotsiomadaniy dinamikasi haqidagi ta`limotni yaratgan, integral sotsiologiya g’oyalarini rivojlantirgan P.Sorokinning sotsiologik nazariyasi tufayli ijtimoiy ish nazariyasining kul’turologik-madaniy tomoni ham e`tiborga olish muhimdir.
Ijtimoiy voqelik va inson hayoti, uni ijtimoiy himoya qilish tizimi bunga ko’ra olamda oliy individual (o’ta individual) sotsiomadaniy voqelikning mavjudligi haqida e`lon qilgan ijtimoiy realizm ruhida qarab chiqiladi, bu mavjudlik moddiy voqelikka kirmaydi va unga ma`nolar tizimi ato etilgan.
Aql-idrok intellektining haqiqati, hislar, oliy aql-idrokka asoslangan intuitsiyani ifodalovchi sotsiomadaniy ko’rinishlarning «bezovta» xilma-xilligi bilan tavsiflanadi, bu bilishning muvofiq metodlarini, ularning tabiat sirlarini anglash bilan birikishini, sotsiomadaniy fenomenlarni har tomonlama o’rganishni talab qiladi.
Ijtimoiy ish nazariyasiga kompleksli yo’naltirilgan yondashishlarinsonning ijtimoiy muammolarini yaxlitlikda ko’rinishini o’rganadi. Bunda YA.L.Moreno asos solgan rol nazariyasi keng tarqaldi. Uni rivojlantirishda sotsiologiya ham, psixologiya ham muhim rol o’ynaydi.
Ijtimoiy ishning rol modelida qo’llanadigan shaxs rollari haqidagi tasavvurlar shunday tahmin qiladi: kishilar o’z xatti-harakatini individual –shaxsiy ongi tomonidan aks ettiriladigan modellar, sxemalarga muvofiq tashkil etadilar. Rol modeli o’ziga mijozning o’tmish tajribasini hisobga olgan holda o’zini qanday tutish va rivojlanish, dolzarb voqealarning ahamiyatini tushunish, shuningdek har bir inson hayotda o’zining roli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan bog’liq muammolarini kiritadi.
SHuni aytish mumkinki, ijtimoiy rol – ijtimoiy funktsiyalarni bajarayotganda boshqalar tomonidan insondan kutiladigan hatti-harakat (xulq-atvor). Bu kutilishlarga muvofiq, inson xuddi o’z ijtimoiy rolini bajarayotgandek bo’ladi. Bu erda ham uning va boshqalarning u bu rolga muvofiq bajarishga «majbur va majbur emas» ligini tushunishdagi ayrimchilik ziddiyatga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy rollardan tashqari kishilarning shaxslararo rolni ham bajaradi. Ba`zida ijtimoiy va shaxslararo rollar o’rtasida ziddiyat vujudga keladi. Masalan, ijtimoiy rol – «mehribon ona», «sodiq o’g’il», «qattiqqo’l ota», shaxslararo – «bee`tibor ona», «qo’pol O’g’il», «hurmatga sazovor bo’lmagan ota».
Kishilar o’zlari tushib qolgan bu ziddiyatli vaziyatlardan hamma vaqt ham O’zlari chiqib ketolmaydilar. Bu holda unga mutaxassislar mijozlar ongining odatiy darajasining o’sishini, anglashning shu darajasiga xos bo’lgan bilish shakllarining tabiatini hisobga oluvchi ijtimoiy ish xodimlari yordam berishi zarur.
Rol nazariyasi bilan ishlaganda foydalaniladigan, ancha keng tarqalgan texnologiyalar – bu rollarni almashtirishdir; guruhiy munozara (mijozning biografiyasi, guruhdagi shaxslararo munosabatlar va boshqalar munozaralar mavzusi bo’lishi mumkin); guruhiy o’zini tutish terapiyasi, bundan maqsad guruhdagi yangi rollarni o’zlashtirish va guruh yordamida mijoz xatti-harakatini korrektsiyalash (bu holda kuch-quvvatdan qolish, qayta bog’liqlik, modellashtirish, ijtimoiy ko’nikmalarga o’rgatish, shaxslararo aloqalar metodikalari qo’llanadi); artterapiya, maqsadi – mijozning guruh oldida o’z rolini ochishi, uni izohlashi, mijoz faolligini rag’batlantirish; «dasturlashtirilgan rollar» va boshqalar metodikasi. «Ijtimoiy rol» tushunchasi «ijtimoiy xodim – mijoz» munosabatini ancha yaqqolroq tasvirlashga imkon beradi.
Rol nazariyasi ham komplekslikka yaqqol ifodalangan tendentsiyaga ega, bu ko’p nazariyotchi – amaliyotchilarga bunday yondashishni kompleksli – yo’naltirilgan kiritishga, uni ijtimoiy ish kompleksli – yo’naltirilgan nazariyasining ijtimoiy – psixologik turi bilan bog’lashga imkon beradi.
Bunday yondashuv modellaridan yana biri ijtimoiy pedagogik modellardir. Uning asosini qo’yidagi qoida tashkil etadi, tarbiya-tarbiyalanuvchilarda muayyan ijtimoiy sifatlar (fazilatlar)ni shakllantirish maqsadida tarbiyaviy faoliyat sub`ektlari tomonidan individga, ijtimoiy guruhga ongli maqsadga yo’nalgan ta`sirdir.
Insonning ijtimoiy tashkil topishiga, uning shaxsi shakllanishiga turli ijtimoiy omillar ta`sir etadi, ularning ta`siri ostida alohida hollarda shaxsda jamiyatga mos kelmaydigan ijtimoiy sifatlar shakllanishi mumkin, bu esa keyinchalik turli ijtimoiy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ijtimoiylashuv jarayoni asosan institutsionallashgan hisoblanib, shaxsda shaklanayotgan ijtimoiy sifatlarni ijtimoiy ahamiyatli fazilatlarga mos qilib to’g’rilashga, qanday omillarning ta`sirini cheklash yoki faollashtirishga yoxud bartaraf etishga da`vat etilgan muayyan institutlar tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ishning ijtimoiyd pedagogik modeli ham strukturaviy ham psixoijtimoiy ish darajasida amalga oshirilishini mumkinligini maktab jamiyat o’zaro munosabatlarini tadqiq qilish misolida ko’rsatish mumkin.
Bu yondashuv nuqtai-nazaridan ta`lim va tarbiya tizimi shaxs, guruh, jamiyatning yuzaga keladigan ehtiyojlarini qondirishga qodir yangi texnologik yutuqlarni joriy etish vositasidir. Zamonaviy maktab jamiyat rivojining boshqa bosqichlarida individni oilaga yoki jamoaga va hokazoga qo’shish bilan norasmiy bajarilgan asosiy vazifalarni bajaradi. Maktab o’z zimmasiga professional tarzda tayyorlash vazifasini olib jamiyatni tabaqalanishining boshlang’ich mexanizmi rolida chiqadi.
SHunday qilib, aynan maktab insonning ijtimoiy nufuzini shakllantira boshlaydi, jamiyat turli darajalari va bosqichlarida jamiyat hayotiga moslashishga yordam beradi. SHunga muvofiq ijtimoiy ishning profilaktik, prognostik, ijtimoiy nazorat funktsiyalari amalga oshiriladi.
Boshqacha nuqtai nazardan maktab turli ijtimoiy guruhlarning hokimiyat uchun kurashidagi omil bo’lgan ijtimoiy institut sifatida qaraladi. Bu holda maktabning vazifasi avvalambor mavjud tizimni saqlash uchun zarur bo’lgan barcha harakatlarni oqlaydigan qadriyatlar, fazilatlarni shakllantirishdir. Maktab siyosiy barqarorlik, farq va tengsizlikning mavjudligini qonunlashtirishning, oqlashning muhim unsuridir. SHunday qilib, bu holda ijtimoiy ishning ijtimoiy nazorat funktsiyasi amalga oshiriladi.
Uchinchi nuqtai nazardan zamonaviy jamiyatda, guruhda «yaxshi ijtimoiylashgan» kishi uning boshqa ishtrokchilarining nuqtai-nazariga qo’shilishga majbur emas, uning xatti-harakati esa boshqalar xatti-harakatidan juda ajralib turishi mumkin. Barcha kishilarning xuddi «O’ynayotgandek», muayyan qoidalarga binoan yashaydilar (ular ish ritmini, qanday o’zgartirishni, bo’sh vaqtni qanday o’tkazishni ma`muriyat bilan kelishmay qolganda o’zini qanday tutishni va hokazolarni hal etadi). Biroq, ba`zi kishilar bu o’yinga qanday kirishni, bu uyin nimani bildirishini, undan nima kutishni va o’ziga nima joizligini anglamay o’yindan «chiqib qoladilar».
Maktabning roli shunday «marginal guruhlar» vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslikdadir. SHunga muvofiq, maktab bir tomondan, erkin harakat qiluvchi, qanaqadir «avtonom» ijtimoiy sub`ektlarning shakllanishiga yordam bersa, ikkinchi tomondan «idrokli struktura»ni rivojlantiradi, buning hadida individ jamiyat bilan ziddiyatga kirishmasdan yashashi mumkin.
Bu holda ijtimoiy ishning funktsiyalari bo’lib individning ijtimoiy psixologik reabilitatsiyasi va uning imkoniyatlari va ehtiyojlarini amalga oshirish mexanizmlarini qulaytirish hisoblanadi.
Kompleks – yo’naltirilgan nazariyalarning keyingi modelli – kongnitiv model bo’lib, bunga muvofiq ijtimoiy ishni tashkil etishning printsiplaridan biri ijtimoiy xizmatlarga muhtojlarning hammasiga bu xizmatning baravar bo’lishi zarurligidir. XX asrning 80 yillaridan bu kognitiv nazariya ijtimoiy ish amaliyotida keng tarqaldi. Bu qisman psixologiyadan maslahat sifatida kiritilgan bu ish metodikasiga qiziqishning ortishi bilan izohlanadi. Maslahatning samarasi va haqqoniyligini oshirish uchun ijtimoiy xodim mijozning fikrlash xususiyatlarini, ko’rsatmalari va noto’g’ri tushunchalarini bilish muhimdir, bu pirovard natijada uning o’ziga va atrofdgilarga nisbatan bo’ladigan ijtimoiy harakatlarni yuzaga keltiradi.
Kognitiv modelda mijozni o’qitish orqali u tushib qolgan konkret ijtimoiy vaziyat yoki ijtimoiy sharoitlarga mos keladigan xatti-harakatlari mexanizmiga «qayta ishlov berish» bilan mijozning ijtimoiy xatti-harakatni tartibga solish imkoniyati aniqlanadi. Kognitiv model asosida ishlab chiqilgan mijozga maslahat berish jarayonining metodikalaridan biri tushuntirishdir, buning asosini mijozning xatti-harakati ijtimoiy ish xodim tomonidan muvofiq nazorat qilinishi tashkil etadi.
Bu model ko’pincha yashash joyi bo’yicha ishlashda qo’llaniladi. Urbanizatsiya jarayonlari, ko’p rivojlangan mamlakatlarda «yo’ldosh»-shaharlarning paydo bo’lishi, migratsion oqimlarning kengayishi ijtimoiy ish xodimlarni ijtimoiy ishning yangi shakllarini O’zlashtirishi zarurligini shart qilib qo’ydi.
Ijtimoiy ishning kognitiv modeli kompleksli bo’lib, O’ziga ijtimoiy ishni tashkil etishning sotsiologik, psixologik yondashuvlarini kiritadi. Ijtimoiy ish amaliyotida bu modelni bunday tushunish ko’p jihatdan shu bilan shartlanganki, moslashish faqat individual-shaxsiy ehtiyoj sifatida emas, balki ijtimoiy oqibatlarga ega sifatida ham tushuniladi: u ijtimoiy muhitga ta`sir etadi (bevosita individning yashash muhitiga, umuman ijtimoiy voqelikka bilvosita) o’z navbatida shaxsning o’zgarishi vositasida uning ta`siri ostida o’zgargan xolda. Biroq ba`zida ijtimoiy moslashish insonning erkinligini cheklaydi, turli ijtimoiy institutlar uni o’zining hayotiy maqsadlari va ko’rsatmalariga qarshi borishga majbur qilishi, yuzaga kelgan ichki shaxsiy qarama-qarshilikni kuchaytirishi mumkin, chetdan ijtimoiy ziddiyat bartaraf etilgandek bo’lib ko’rinsa ham.
Amaliyotning bu modelini qo’llovchi ijtimoiy xodimning muammolaridan biri– tabiati va mohiyati turli xil bo’lgan ziddiyatlarni hal etish. Masalan, «Men» o’rtasidagi ziddiyat, bu ziddiyatni mijoz o’ziga-o’zi yuzaga keltiradi, mijozning fikricha u haqida boshqalarda paydo bo’ladigan fikrlar, tasavvurlar tufayli (bu ko’pincha mijozning ijtimoiy nufuzi o’zgarishi davrida, ishdan ketishi, yoshining o’zgarishi va hokazo). Insonning ziddiyatdan qanday chiqib olgani yoki chiqa olish mumkinligi yo’llari ijtimoiy ahamiyatga ega, sababi gap o’zgarishlarga va boshqa kishilarga muayyan munosabatda bo’lgan shaxsning moslashish mexanizmlarini qayta tiklash haqida ketayapti.
SHunday qilib, ijtimoiy ishni tashkil etishda psixologiya, sotsiologiya, huquqshunoslik, iqtisodiyot va integrativ – kompleks xususiyatga ega bo’lgan boshqa fanlarni kiritgan nazariy yondashuvlar va modellarni kompleks tarzda qo’llash samarali hisoblanadi.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling