4 мавзу. Ижтимоий ишнинг асосий – тушунчалари режа


Sotsial xizmatning nazariy asoslari


Download 42.67 Kb.
bet6/11
Sana19.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1364041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
f2bde0d680432bbcbf22ce3f9d18d9aa ИЖТИМОИЙ ИШНИНГ АСОСИЙ – ТУШУНЧАЛАРИ

3.3. Sotsial xizmatning nazariy asoslari
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi - aholining ijtimoiy yordam va madadga muhtoj qatlami va guruhlari bilan ish olib borish amaliyoti ko’p jihatdan ijtimoiy ishning shakllari va usullarining ilmiy asoslanganligi, shu soha xizmatchilari, tashkilotchilari va mutaxassislarining bu jarayonlarning qonuniyatlari va tendentsiyalari, shu soha bilan bog’liq kishilarning xulq-atvori, qiziqishlari, intilishlari va hatti-harakatlarining sabablari, ularni qanoatlantiruvchi ichki va tashqi omillarini hisobga ola bilish mahorati bilan belgilanadi.
Ijtimoiy ish bilan bog’liq faoliyat boshqa xil faoliyatlardan eng avvalo shunisi bilan farq qiladiki, u ijtimoiy - insoniy xarakterga egadir.
Ba`zi adabiyotlarda «ijtimoiy» so’zi obshestvennoe, sotsial’noe atamalariga sinonim sifatida izohlanadi. Bu eng avvalo «jamiyat» tushunchasi atamasining ko’p ma`noligi bilan xarakterlanadi. Haqiqatan, jamiyat tushunchasi1 dehqonlar jamoasi, oliy zadagonlar qatlami, kishilarning kasblari va manfaatlari bo’yicha ko’ngilli birlashishlari O’zaro bir-biri bilan bog’liq guruhlardan iborat tashabbuskor jamoasi ham jamiyat tizimiga kiradi.
Kishilarning birgalikdagi hayot jarayonidagi O’zaro aloqa va munosabatlari hatto J.J. Russo aytganidek, O’zaro majburiyatlarni «jamiyat» deb atalmish makonda sodir bo’ladi. «Ijtimoiy», «jamiyat», «sotsium» sinonim emas balki bu tushunchalardan tor tushunchadir.
«Sotsium» deganda kishilar hayotiy faoliyatining muhim o’zaro aloqa va munosabatlari birligi bilan tavsiflanuvchi barqaror ijtimoiy jamoa tushuniladi.2
Bir tomondan, inson sotsiumga ta`sir etadi, boshqa tomondan esa, sotsium insonga ta`sir etadi, uni shakllantiradi, qiyin hayotiy vaziyatda yordam beradi. Ijtimoiy ishning O’ziga xoslik xususiyati uning sotsiumning xarakteriga bog’liqligi – shahar va qishloq muhiti, sharoitlari, oila va maktab, ishlab chiqarish va madaniy muassasalarda va hokazo. YAna bir tomonini hisobga olish muhimdir: sotsiumda ijtimoiy munosabatlar shakllanadi, jamiyatda odamlarning ijtimoiy guruhlarning vakillari sifatidagi ijtimoiy ahvoli, hayot tarzi shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar – inson xulq-atvorining ijtimoiy me`yorlari, sifatlari va ijtimoiy normalarni insonning eng muhim hayotiy ehtiyojlariga aylantiradi.
Ijtimoiy munosabatlar individlarning jamiyatda bir-biri bilan O’zaro ta`siri jarayonida vujudga kelgan aloqalarini barqarorlashtiradi. O’zaro ijtimoiy aloqalar insonning ichki holati ta`siri ostida O’zgaradi va uning O’rab turgan voqe`likka bo’lgan shaxsiy munosabatida ham ifodalanadi. SHuning uchun ijtimoiy munosabatlar kishilarning ijtimoiy aloqalari, O’zaro ta`sirlari, O’zaro bog’liqliklari, O’zaro hatti-harakatlarini tashkil etuvchi ob`ektiv omillar hisoblanadi. Ijtimoiy ish uchun bir tomondan kishilarning hayot yo’llarini tiklanishi, individual, shaxsiy va jamoaviy hayot sharoitlari bilan bog’liq muammolarini hisobga olish muhim bo’lsa, ikkinchi tomondan bu aloqalar amalga oshishda sotsiomadaniy muhitni o’zida mujassamlashtiradi. Ijtimoiy aloqalarga esa ijtimoiy yordam, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy korrektsiya (yaxshilash, tuzatish), xayr-ehson va boshqalar kiradi. Bu aloqalarni qulaylashtirish – ijtimoiy ishning muhim vazifalaridan biridir.1
Ijtimoiy ishni fan sifatida tushunish uchun kishilar shunchaki jamiyatda emas, balki hamjamiyatda yashayotganligini anglash muhimdir. Odamlar doim O’zlariga monandlar qurshovida va doimo O’zaro ta`sir, holatida bo’ladilar. Bu insonlar uchun tabiat, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat muhim omili sifatida ijtimoiy voqe`likka nisbatan mustaqil sohasini tashkil etuvchi juda ko’p xilma-xil ijtimoiy aloqalar, munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Ijtimoiy ish mustaqil predmet, fan sifatida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj bo’lgan individ, shaxs, guruh yoki uyushma hayot faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan munosabatlar va ular bilan bog’liq jarayonlarni O’rganadi, hamda tadqiq etadi.
Ijtimoiy ish mutaxassisining faoliyati inson hayotiy faoliyatida yuz beradigan muammolarni hal etishga yo’naltirilgan maqsadli faoliyatdir. Ijtimoiy xizmatchining aniq, maqsadli faoliti shubhasiz mijozning hulqi va ahvoli tashqi va ichki omillar bilan bog’liqligini, mijozning atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatini yanada qulaylashtirishga yo’naltirilgan o’z mohiyatiga ko’ra, mijozning xulqi va holatiga boshqaruvli ta`sir etishdan iborat bo’ladi.
SHunday qilib, ijtimoiy ish nazariyasi kishilar hayotiy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi ko’p qirrali ijtimoiy aloqa va munosabatlarini boshqarish bilan bog’liq bilimlar tizimidir. Demak, ijtimoiy ish nazariyasi– bu jamiyat ob`ektiv qonuniyatlariga va davlat qonunlariga asoslangan odamlarni qiyin hayotiy vaziyatlarda tushib qolganda tumushi, ahvolini tartibga solish zarurat tug’ilganda shaxs va uni O’rab turgan ijtimoiy muhitga aniq maqsadli ta`sir etish orqali ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilishga yo’naltirilgandir.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling