Тавсия этиладиган адабиётлар:
“2011- 2015 yillarda yolg`iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1542-sonli Qarori. 2011-yil 30-may.
Ватанимиз тақдири ва келажаги йўлида янада ҳамжиҳат бўлиб, қатъият билан ҳаракат қилайлик. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр талаби” мавзусидаги анжуманда сўзлаган нутқи// Халқ сўзи 2017 йил 16 июнь, №119(6813) .
Набиев Ф.Ҳ. Ижтимоий сиёсат: тарихий таҳлил. – Т.: Фан, 2011. - 124 бет.
Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. – Т., 2003.
4-мавзу: Ижтимоий ишнинг асосий тушунчалари.
Режа:
Sotsial xizmatga yo’naltirilgan yondashuvlar
Psixologik-yo’nalgan yondashish
Sotsiologik yo’nalgan yondashish
Kompleksli yo’naltirilgan yondashish
Sotsial xizmatning nazariy asoslari
3.2. Sotsial xizmatga yo’naltirilgan yondashuvlar
Mavjud insonning faol, yaratuvchilik tabiati ijtimoiy ish nazariyasining ijtimoiy ishni amalda tahlil etishning turli modellarida turlicha izohlanadi va inobatga olinadi. Ijtimoiy ish nazariyasida insonni to’liq anglashga turlicha yondashishlarni qarab chiqamiz.
Xorij adabiyotida ijtimoiy ishning muhtojlarga individual-shaxsiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko’rsatishning kontseptual asoslashga ko’proq qaratilgan psixoijtimoiy talqini keng tarqalayapti, vaholanki uning yordamning tashkiliy-jamoaviy shakllari, aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan, guruhlar bilan ish olib borish avvalgidek dolzarbdir. Bunda muayyan mazmun va maqsadga muvofiqlik mavjud, chunki avvalam bor ijtimoiy ishning individual-shaxsiy va guruhiy yordam kabi shakllarining o’zaro harakati o’z-o’zidan ko’rinib turibdi.
Biroq, nazariy jihatdan, ijtimoiy ish nazariyasida turli yo’nalishlar, guruhlarining o’zgacha negizini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi paytda ijtimoiy ish nazariyasiga ta`sir etish darajasiga ko’ra utsunlik qiluvchi 3 ta ilmiy O’quv fani namoyon qilindi, bular: sotsiologiya, psixologiya (xorijda ko’pincha psixoterapiya ham) va pedagogika. Muvofiq tarzda bu ijtimoiy ishga turli nazariy yondashishlarni belgilaydi, ular psixologik yo’nalgan, sotsiologik yo’nalgan va kompleks yo’nalgan nazariyaga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |