4 мавзу. Ижтимоий ишнинг асосий – тушунчалари режа


Download 42.67 Kb.
bet9/11
Sana19.04.2023
Hajmi42.67 Kb.
#1364041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
f2bde0d680432bbcbf22ce3f9d18d9aa ИЖТИМОИЙ ИШНИНГ АСОСИЙ – ТУШУНЧАЛАРИ

Ilmiy nazariya – g’oyalar, farazlar va taxminlar, qonunlar va printsiplar jamlanmasining tushunchalarda ifodalanishdir. Bilim hamisha voqe`likni o’zgartirish uchun egallanadi. SHuning uchun ijtimoiy ish bilimining mantiqiy fan sifatida tarkibiy jihatdan uchta darajaga bo’lish mumkin:

  • semantik (so’z yoki ibora ma`nosida) vositalar sifatidagi mantiqiy shakllar yordamida amaliyotda mantiqiy umumlashmalar, xulosalar, aksioma va farazlarni izohlash, qonuniyatlar va tendentsiyalarni aniqlash imkoniyati vujudga keladi;

  • amaliy ahamiyatga ega bo’lgan va amaliy faoliyatni o’zgartirish va mukammallashtirishga yo’naltirilgan yangi mantiqiy xulosalar, tavsiyalar, qoidalar va printsiplar tizimi.

Ijtimoiy ish ilmiy bilimlarining mantiqiy shakllari uning tushunchaviy apparati hisoblanadi, ya`ni tushunchalar majmuasi hisoblanadi. Ular yordamida ijtimoiy ishga xos bo’lgan hodisalarni shuningdek, ular o’rtasidagi aloqalarning muhim xususiyatlari va belgilarini qayd etish umumlashtirish imkoniyati paydo bo’ladi. Bunga esa mavhumlashtirish, g’oyalashtirish, umumlashtirish, taqqoslash usulini qo’llash orqali erishiladi. Tushunchalar majmuasi ijtimoiy ishning butun to’qimasini - uning mohiyati, predmeti, funktsiyalaridan tortib uning samaradorlik mezonlarigacha qamrab oladi. Ijtimoiy ishning tushunchalar majmuasi ilmiy nazariya sifatida uch guruhga bo’lish mumkin: uning mohiyatini tavsiflovchi tushunchalar; uning texnologik jihatlarini tavsiflovchi tushunchalar; uning sifat holatini tavsiflovchi tushunchalar.
Ijtimoiy ishda tushunchalar – ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi muhim, ancha barqaror va takrorlanuvchi aloqalarni ifodalashga imkon beradigan muhim mantiqiy shakldir. Aynan tushunchalarning o’zaro aloqasi va ta`siri tufayli, uning qonuniyatlari, tendentsiyalari, printsiplar va qoidalarni ifodalash mumkin.
Bu sohadagi tushunchalarning ikki darajasini ajratadilar: ijtimoiy ishning oddiy shakldagi aniq tasavvur etish mumkin bo’lgan tushunchalar hamda birlamchi tushunchalarni mantiqiy talqin etish orqali shakllangan tushunchalar.

Download 42.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling