4-mavzu. Ishchi kuchi va ishsizlik


Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi


Download 369.07 Kb.
bet2/6
Sana06.11.2023
Hajmi369.07 Kb.
#1751128
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu.Makroiqtisodiyot

Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.


Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo’lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo’lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:


Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100


Har kuni bir nechta odamlar o’z ishlarini yo’qotishadi yoki tashlab ketishadi, va ba’zi ishsizlar ishga yollanadi. Bu davriy inqiroz va oqim ishsiz bo’lgan ishchi kuchining bir qismini belgilaydi. Bu qismda biz ishsizlik tabiiy darajasini nimalar belgilashini ko’rsatadigan ishchi kuchi dinamikasi modelini rivojlantiramiz2. Biz biroz muloxaza bilan boshlaymiz, keling L ishchini belgilasin. E ishlayotgan ishchi kuchi soni va U ishsizlar soni. Har bir ishchi yoki ishli yoki ishsiz bo’lgani uchun, Ishchi kuchi ishsizlar va ish bilan bandlarning yig’indisidir.
L=E+U
Bunda- ishsizlik darajasi U/L ga teng. Ishsizlik darajasiga qanday omillar tasir qilishini ko’rishimiz uchun, faraz qilaylik ishchi kuchi L o’zgarmas va ishchi kuchidagi ishlilar E va ishsizlar o’rtasidagi shaxslarning ko’chishiga bog’langan. Keling s ishdan ayrilishning darajasini belgilasin, ishlaydiganlardan har oyda ishini yo’qotgan yoki tashab ketganlar qismi. F ish topishning darajasini ifodalasin, ishsiz shaxslarning har oyda ish topadigan qismi. Job separation darajasi s va job finding darajasi f birgalikda ishsizlik darajasini ko’rsatib beradi. Agar ishsizlik darajasi oshmasa ham pasaymasa ham, bunday holat ishchi kuchi bozori barqaror bo’lgan vaziyatda bo’ladi, unda ish topadigan odamlar soni fU, ishini yo’qotadigan odamlar soni s Ega teng bo’lishi kerak. Bunday barqaror holatni quyidagicha yozishimiz mumkin.
fU=sE
Biz bu tenglamadan ishsizlikning barqaror darajasini topishda foydalanishimiz mumkin. Ishchi kuchi haqidagi tarifimizdan, E=L-U; bu ish bilan bandlar soni ishchi kuchidan ishszizlar sonini ayirganga teng. Agar barqarorlik sharoitida E ni (L-U) bilan almashtirsak, topamiz
fU=s(L-U)



2 Robert E. Hall, “A Theory of the Natural Rate of Unemployment and the Duration of Unemployment,”
Journal of Monetary Economics 5 (April 1979): 153–169.

Keyin, tenglamaning ikkala tarafini L ga bo’lamiz, qo’lga kiritish uchun
Endi, U/L yechamiz, topishimiz uchun

Bu esa quyidagicha yozilishi mumkin
Bu tenglama barqarorlik sharoitidagi ishsizlik darajasi job separation darajasi s va job finding darajasi f ga bog’liqligini ko’rsatadi. Job separation darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi ham shuncha yuqori bo’ladi.Job finding darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajsi shunchalik past bo’ladi. Mana quyida son bilan keltirilgan misollar Faraz qiling, ishlilarning 1 foizi har oyda ishini yo’qatadi (s=0.01). bu o’rtacha oganda ish 100 oy yoki taxminan 8 yil davom etadi deganidir. Yana faraz qiling, ishsizlarning 20 foizi har oyda ish topadi (f=0.20), shunday ekan ishsizlikning vaqt oralig’i o’rtacha 5 oy davom etadi. Demak, ishsizlikning barqaror darajasi

Bu misoldagi ishsizlik darajasi taxminan 5 foizni tashkil etadi. Ishsizlik tabiiy darajasining bunday oddiy modelida jamiyat siyosati uchun muhim ma’no mazmun bor. Ishsizlikning tabiiy darajasini pasaytirishni maqsad qildan har qanday siyosat yoki job separation darajasini kamaytirishi kerak yoki job finding darajasini ko’tarishui kerak. O’z navbatida, job separation va job finding darajasiga tasir qiladiagan har qanday siyosat shuningdek ishsizlikning tabiiy darajasini o’zgartiradi. Bu model ishsizlik darajasini job separation va job finding ga bog’lashda foydali bo’lsa ham, u markaziy savolga javob berishda oqsaydi: birinchi o’rinda nimaga ishsizlik bo’ladi? Agar har doim tezlik bilan ish topaolganda, unda job finding darajasi yuqori bo’lardi va ishsizlik darajasi olga yaqin bo’lardi. Ishsizlik darajasining bu modeli shuni taxmin qiladiki unda, ish topish bir onda sodir bo’ladigan narsa emas, ammo u nimaga deganni tushintirishda oqsaydi. Keying ikkita bo’limda, ishsizlikning ikkita yashirin sabablarini ko’rib chiqamiz: ish izlash va ish haqi barqarorligi3.



    1. Download 369.07 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling