4-mavzu. Ishchi kuchi va ishsizlik


Real ish haqi va tarkibiy ishsizlik


Download 369.07 Kb.
bet4/6
Sana06.11.2023
Hajmi369.07 Kb.
#1751128
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu.Makroiqtisodiyot

Real ish haqi va tarkibiy ishsizlik


Ishsizlikning ikkinchi sababi ish haqqining o’zgarmasligi - mehnat taklifi va talabi bir biriga teng bo’lgan darajaga o’zgartirishdagi muvofaqqiyatsizlik. Mehnat bozorining muvozanatli modelida, real ish haqqi mehnat taklifi va talabi muvozanatida joylashadi. Ish haqqi har doim ham egiluvchan bo’lmaydi. Ba’zan, real ish haqqi market-clearing darajasidan yuqorida boladi. Quyidagi chizma nima uchun ish haqqi o’zgarmasligi ishsizlikka olib kelishini ko’rsatadi. Real ish haqqi talab va taklif muvozanatidagi darajadan yuqorida bo’lganda, taklif qilingan mehnat miqdori talab qilingan miqdordan oshib ketadi. Firmalar bazi yo’llar orqali ishchilar orasidagi cheklangan ishni kamroq berishlari kerak. Real ish haqqi o’zgarmasligi ish opish darajasini qisqartiradi va ishsizlik darajasini ohiradi.
Ish haqqi o’zgarmasligi va ish o’rinlarini qisqartirish natijasidagi ishsizlik, ba’zan, tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Ishchilarning ishsizligi o’zlariga aynan mos ishni qidirishlari emas, balki, ishlashni hohlovchi ishchilar soni va mavjud ish o’rinlari orasidagi tengsizlikdir. Ayni holatdagi ish haqqida, taklif qilingan mehnat miqdori mehnat talabidan oshib ketadi, ko’plab ishchilar ish o’rinlari ochilishini kutib qoladilar.






Ish haqqining o’zgarmasligi va strukturaviy ishsizlikni tushunish uchun , biz x nima uchun mehnat bozori u qadar aniq emasligini tahlil qilishimiz kerak. Real ish haqqi muvozanatli holatdan oshib ketsa va ishchi taklifi talabdan oshib ketsa, biz firmalardan ish haqqini pastlatishi mumkinligini kutamiz. Strukturaviy ishsizlik oshib boradi, chunki , firmalar ortiqcha mehnat taklifiga qaramasdan ish haqqini pastlatishda omadsizlikka uchrashadi. Biz endi ish haqqining o’zgarmasligiga uchta sababni ko’rib chiqamiz, ular:
Eng kam ish haqqi qonunlari, Birlashmaning monopoilya quvvati, Samarali ish haqqi.
Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining o’zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o’zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o’zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo’lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friktsion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo’ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.
Hukumat ish haqqining o’zgarmasligiga sababchi bo’ladi, qachonki, u muvozanatli holatdan pastga tushib ketishning oldini olsa.Eng kam ish haqqi qonunlari firmalarning ishchilarga beradigan oyligiga qonuniy minimum o’rnatadi. Bazi ishchilar uchun, ayniqsa tajribasiz va uquvsiz ishchilar uchun, eng kam ish haqqi o’zlarining muvozanatli ish haqqi darajasidan oshib ketadi. Shu sababli, firma talab qilgan mehnat miqdori qisqaradi.
Iqtisodchilar shunga ishonadiki, eng kam ish haqqi o’smir yoshidagilardagi ishsizlikda o’zining eng katta tasiriga ega. O’smirlarning muvozanatli ish haqqi 2 sabab tufayli past bo’ladi. Birinchisi, o’smirlar mehnat bozoridagi ishchilar orasida eng tajribasiz va qobilyatsizlardir. Ularda past marjinal samaradorlik
mavjud. Ikinchisi, o’smirlar tez – tez o’zlarining “kompensatsiya”larini kasb- training shaklida oladi, to’g’ridan to’g’ri to’lov orqali olishdan ko’ra. “Shogirdlik” oylik ish haqqi o’rniga olinadigan traingingga klassik misol.
Bu ikkala sabab uchun, talabga teng bo’lgan o’smir ishchilar taklifidagi ish haqqi past bo’ladi. Shuning uchun, eng kam ish haqqi o’smirlar uchun boshqa ishchilarga qaraganda ko’proq majburiyatni yuklaydi.
Ko’p iqtisodchilar o’smirlarning ish bilan taminlanishida eng kam ish haqqining tasirini o’rganishgan. Bu tadqiqodchilar vaqt mobaynida minimum ish haqqi turli hil talqinlari bilan ish bilan taminlangan o’smirlar turli hil talqinlarini taqqoslashadi. Bu tadqiqotlar shuni aniqladiki, minimum ish haqqidagi 10 % lik o’sish o’smirlarning ish bilan taminlanishini 1 % dan 3 % ga qisqartiradi5.
Yuqoriroq Minimum ish haqqiga qarama qarshi taraflar shuni takidlashadiki, bu yo’l nochor ishchilarga yordam berishning eng yaxshi yo’li emas. Ular yuqori mehnat narxlari nafaqat ishsizlikni oshiribgina qolmasdan, qolaversa, minimum ish haqqi yomon aniqlanganligiga qarshi chiqishadi. Ko’plab minimum ish haqqi oluvchilar o’smirlardir.
Ko’plab iqtisodchi va siyosatshunoslar shunga ishonadiki, nochor ishchilarning daromadini oshirishning eng yaxshi yo’li soliq imtiyozlaridir. Ishlab topilgan daromaddan soliqlar imtiyozi nochor ishchi oilalar daromadidan olinadigan daromad solig’iga berilgan imtiyozdir. Past daromadli oilalar uchun imtiyoz soliqdan yuqorida turadi va oyla hukumatdan to’lov olib turadi. Minimum ish haqqidan farqli ravishda, daromad solig’idagi imtiyozlar mehnat narxini firmalar uchun oshirmaydi. Shuning uchun, firma talab qilgan ishchi kuchi miqdorini qisqartirmaydi. Hukumatning daromad solig’i qisqarishiga qaramasdan, Buning yomon tarafi mavjud.

Download 369.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling