4-mavzu. Ishchi kuchi va ishsizlik
Download 369.07 Kb.
|
4-mavzu.Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi
4-mavzu. ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK.Reja Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi. Ish izlash va Friksion ishsizlik. Real ish haqi va tarkibiy ishsizlik. Tayanch so’z va iboralar: Ishsizlik, ishchi kuci, friksion Ishsizlik, tarkibiy Ishsizlik, davriy ishsizlik, iqtisodiy faol aholi, mehnat bozori, real ish haqi, ishchi kuchiga talab, ishchi kuchi taklifi. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishiIshsizlik ko’pchilik odamlarga to’g’ridan-to’g’ri va qattiq ta’sir qiladigan makroiqtisodiy muammo hisoblanadi. Ko’pchilik uchun ishdan ajralish bu yashash standartlarining pasayishi va psixologik tushkunlik degani. Ajablanarli emaski, ishsizlik siyosiy debatlarning tez tez takrorlanib turadigan mavzulari va o’sha siyosatchilar o’zlarining maqsadli siyosatlari ish yaratishga yordam berishini takidlashadi. Iqtisodchilar ishsizlikni uning sabablarini bilib olish va ishsizlikka tasir qiladigan jamiyat siyosatlarini rivojlantirishga yordam berish uchun o’rganishadi. Shunday siyosatlardan bazilari masalan job-training dasturlari odamlarga ish topishda yordam beradi. Boshqalari, ishsizlikdan sug’urtalash bazi bir zarurat, ehtiyoj, yo’qchiliklarni yengillashtiradi. Yuqori minimal ish haqi qonunlari misol uchun, ishchi kuchining eng kam layoqatli va tajribali a’zolari orasida ishsizlik darajasini ko’tarib yuboradi deb o’ylashadi. Bizning ishchi kuchi bozori to’g’risidagi muzokaralarimiz haligacha ishsizlikni inkor qilib kelmoqda. Ayniqsa, milliy daromad modeli iqtisodiyot har doim to’liq bandlikda bo’ladi degan faraz bilan qurilgan. Haqiqatda, ishchi kuchi tarkibidagi har bir shaxsda ish mavjud emas. Barcha ochiq bozor iqtisodiyotida, har qanday vaqtda bazi odamlar ishsiz bo’lib kelishgan. IqtiRsAoSdMiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to’liq foydalanilmay qoladi. YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo’lgan mehnat resurslaridan to’liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo’ladi. Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko’proq foydalaniladi. Download 369.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling