4-mavzu. Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari Reja: Jahon valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari


Download 43.05 Kb.
bet1/19
Sana23.04.2023
Hajmi43.05 Kb.
#1393084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari


4-mavzu. Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari Reja: Jahon valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari

4-mavzu. Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari

Reja:

1. Jahon valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari.

2. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari va uning xususiyatlari.

3. Yevropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari.

 

Jahon valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari va elementlari


  • Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida valyuta tizimining samarali tashkil etilishi va uning barqarorligi muhim oʻrin tutadi. Valyuta tizimi deganda, valyuta munosabatlarini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli tushuniladi. Valyuta tizimining holati mamlakatda valyuta munosabatlarini boshqarish va tartibga solish jarayoniga bevosita bog’liq boʻladi.

Jahon valyuta tizimi


Mintaqaviy valyuta tizimi
Milliy valyuta tizimi
Valyuta tizimining asosiy shakllari: 

Milliy valyuta tizimi – ma’lum bir mamlakat hududida valyuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog’liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi.

Milliy valyuta tizimi – ma’lum bir mamlakat hududida valyuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog’liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi.

Mintaqaviy valyuta tizimi – muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga koʻra tashkil etilgan valyuta tizimini ifodalaydi.

Jahon valyuta tizimi – mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan, instrumentlar, shartnomalar, tartib-qoidalar va tashkilotlarning majmuasidir.

 



Jahon valyuta tizimi quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:

tartibga solish – valyutalar oʻrtasidagi munosabatlarga ta’sir koʻrsatuvchi toʻlov balansida yuzaga keladigan nomutanosibliklarni bartaraf etish;
likvidlilik – zahira birliklarini aniqlash hamda toʻlov balansining nomutanosibliklarini qoplash uchun ularni qoʻllash imkoniyatlari va tashkil etish shakllarini belgilash;
boshqarish – xalqaro moliyaviy institutlarni tashkil etish va ularning vakolatlari orqali hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlab borish.


Download 43.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling