70 yillarning boshlarida oltin zahiralarini Evropa foydasiga qayta taqsimlash batamom sodir bo‘ldi, xalqaro aylanmada esa ko‘p miqdorda naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi AQSh dollari muomalasi saqlanib qoldi. Bretton-vuds tizimi amal qilgan davrda jahon iqtisodiyoti juda tez sur’atlarda rivojlandi. Ushbu davr “iqtisodiy mo‘jiza” yillari bo‘ldi: inflyatsiya past darajada saqlandi, ishsizlik darajasi qisqardi, aholi turmush darajasi yaxshilandi. Lekin, bir vaqtning o‘zida mazkur tizimning asosi barbod bo‘ldi. AQSh sanoatida mehnat unumdorligi Evropa va Yaponiyaga qaraganda past bo‘ldi. Bu esa, AQShga Evropa va Yaponiya tovarlari eksportini o‘sishiga olib keldi. Natijada, Evropada “evrodollar”ning yirik miqdori to‘plandi. G‘arbiy Evropa banklari esa, ularni amerika g‘aznachilik qog‘ozlariga sarflashdi. Bu holat, AQShning tashqi qarzi o‘sishiga olib keldi. “Evrodollar”ning bir qismi 60 yillarning oxirida taqdim etildi, AQShning oltin zahirasi esa kamayib ketdi va natijada dollarni oltinga nisbatan erkin almashinuvi bekor bo‘ldi. Bretton-vuds tizimi amal qilgan davrda jahon iqtisodiyoti juda tez sur’atlarda rivojlandi. Ushbu davr “iqtisodiy mo‘jiza” yillari bo‘ldi: inflyatsiya past darajada saqlandi, ishsizlik darajasi qisqardi, aholi turmush darajasi yaxshilandi. Lekin, bir vaqtning o‘zida mazkur tizimning asosi barbod bo‘ldi. AQSh sanoatida mehnat unumdorligi Evropa va Yaponiyaga qaraganda past bo‘ldi. Bu esa, AQShga Evropa va Yaponiya tovarlari eksportini o‘sishiga olib keldi. Natijada, Evropada “evrodollar”ning yirik miqdori to‘plandi. G‘arbiy Evropa banklari esa, ularni amerika g‘aznachilik qog‘ozlariga sarflashdi. Bu holat, AQShning tashqi qarzi o‘sishiga olib keldi. “Evrodollar”ning bir qismi 60 yillarning oxirida taqdim etildi, AQShning oltin zahirasi esa kamayib ketdi va natijada dollarni oltinga nisbatan erkin almashinuvi bekor bo‘ldi. YAMAYKA VALYUTA TIZIMI Yamayka valyuta tizimi – zamonaviy jahon valyuta tizimi bo‘lib, alohida mamlakatlarning valyuta tizimlariga emas, balki huquqiy mustahkamlangan davlatlararo tamoyillarga asoslangandir. Yamayka valyuta tizimining o‘ziga xos xususiyati erkin suzib yuruvchi valyuta kurslarini joriy etilishi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |