4-mavzu. Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari Reja: Jahon valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari


PARIJ VALYUTA TIZIMI PARIJ VALYUTA TIZIMI


Download 43.05 Kb.
bet4/19
Sana23.04.2023
Hajmi43.05 Kb.
#1393084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari

PARIJ VALYUTA TIZIMI

PARIJ VALYUTA TIZIMI

Birinchi jahon valyuta tizimi XIX asrda oltin monometallizmi asosida, oltin tanga andozasi shaklida shakllangan. Parij valyuta tizimida oltin yagona jahon puli sifatida qabul qilingan. Mazkur valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va amal qila boshladi.

Oltin andozasi talabiga asosan banklar milliy valyuta birligiga oltin asosini berib, milliy valyutani oltinga sotish va sotib olish majburiyatini olganlar.

Oltin tanga andozasiga tegishli xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: tovarlar narxining oltinda hisoblanishi, oltin tangalarning erkin muomalada boʻlishi va davlat zarbxonlari tomonidan cheklanmagan tarzda tangalarni zarb etilishi, nominalga koʻra kredit pullarining oltin tangalarga erkin almashinuvi, oltinni olib kirish va olib chiqishda cheklovlar oʻrnatilmaganligi, ichki bozorlarda qog’oz pullar oltin tangalar bilan bir qatorda muomalada boʻlishi. Oltin andozasi amalda boʻlgan davrlarda oltin paritetidan foydalanilgan.

Oltin pariteti – rasmiy oltin tarkibiga koʻra turli mamlakatlar pul birliklarining oʻzaro nisbatini ifodalaydi. Oltin pariteti valyuta kurslarini aniqlashda asos boʻlib xizmat qilgan va 1976 yilda XVF tomonidan bekor etilgan. Ya’ni,

Oltin pariteti – rasmiy oltin tarkibiga koʻra turli mamlakatlar pul birliklarining oʻzaro nisbatini ifodalaydi. Oltin pariteti valyuta kurslarini aniqlashda asos boʻlib xizmat qilgan va 1976 yilda XVF tomonidan bekor etilgan. Ya’ni,

AQShda 1 troya untsiya oltin (31, 1 g.) = 20, 672 USD ($)

Buyuk Britaniyada 1 troya untsiya oltin= 4,248 GBP (£)

Oltinning valyutalardagi qiymati valyuta kursini aniqlashga xizmat qilardi:

$ 20, 672 / £ 4,248 = 4, 866 , ya’ni £ 1 = $ 4, 866

 

Parij valyuta tizimi quyidagi tamoyillarga asoslangan edi:

Parij valyuta tizimi quyidagi tamoyillarga asoslangan edi:


  • tizim asosini oltin tanga andozasi tashkil etishi;

  • milliy pul birliklarining oltin tarkibi oʻrnatildi (Buyuk Britaniya – 1816 yildan, AQSh – 1837 yildan, Germaniya- 1875 yildan, Frantsiya – 1878 yildan);

  • oltinga umumiy toʻlov vositasi sifatida jahon puli funktsiyasi berildi;

  • markaziy banklar tomonidan emissiya qilingan muomaladagi banknotalar oltinga erkin almashtirilgan. Almashinuv oltin paritetlari asosida amalga oshirilgan.

  • valyutalar kursi moneta partitetidan “oltin nuqtalari” chegarasida og’ishi mumkin edi (±1% amalda qa’tiy belgilangan valyuta kurslari boʻlgan);

  • oltindan tashqari xalqaro aylanmada angliya funt sterlingi tan olingan;

  • milliy oltin zahiralari va ichki pul taklifi oʻrtasidagi oʻzaro nisbat ushlab turilgan;

  • toʻlov balanslari taqchilligi oltin bilan qoplangan.

Download 43.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling