Bretton-vuds valyuta tizimi (1945-1976 y.y.);
Yamayka valyuta tizimi (1976 yildan hozirgi davrgacha
Jahon valyuta tizimining dastlabki bosqichlarida oltin andozasi (standart) tizimi amal qildi. Oltin andozasi tizimida mamlakatlar pul birliklari qiymatiga teng boʻlgan oltinning muayyan miqdori rasmiy tarzda oʻrnatildi, pullar esa oltin tanga yoki banknota shakliga ega boʻldi. Ular istalgan paytda rasmiy oʻrnatilgan kurs boʻyicha oltinga almashinishi mumkin edi. Oltin andozasining toʻliq amal qilishi uchun ikkita asosiy shart bajarilishi lozim edi: birinchidan, pul-kredit muassasalariga milliy valyutani oltinga istalgan miqdorda aniq stavka boʻyicha almashtirish majburiyati yuklatildi, ikkinchidan, alohida shaxslar uchun oltinni eksport va import qilish huquqining mavjudligi edi. Odatda, pul-kredit muassasalari tanga zarb qilish xarajatlarini qoplash uchun oltinni sotish va sotib olish narxlari oʻrtasida ma’lum bir farqni oʻrnatgan edilar. Jahon valyuta tizimining dastlabki bosqichlarida oltin andozasi (standart) tizimi amal qildi. Oltin andozasi tizimida mamlakatlar pul birliklari qiymatiga teng boʻlgan oltinning muayyan miqdori rasmiy tarzda oʻrnatildi, pullar esa oltin tanga yoki banknota shakliga ega boʻldi. Ular istalgan paytda rasmiy oʻrnatilgan kurs boʻyicha oltinga almashinishi mumkin edi. Oltin andozasining toʻliq amal qilishi uchun ikkita asosiy shart bajarilishi lozim edi: birinchidan, pul-kredit muassasalariga milliy valyutani oltinga istalgan miqdorda aniq stavka boʻyicha almashtirish majburiyati yuklatildi, ikkinchidan, alohida shaxslar uchun oltinni eksport va import qilish huquqining mavjudligi edi. Odatda, pul-kredit muassasalari tanga zarb qilish xarajatlarini qoplash uchun oltinni sotish va sotib olish narxlari oʻrtasida ma’lum bir farqni oʻrnatgan edilar. Oltin andozasi tizimining oʻziga xos boʻlgan tomonlari quyidagicha edi: Oltin andozasi tizimining oʻziga xos boʻlgan tomonlari quyidagicha edi:
har bir valyuta oltin tarkibiga ega boʻlib, valyuta birligi muayyan miqdorda oltinga tenglashtirildi;
valyutalarning oltin tarkibiga koʻra ularning oltin paritetlari oʻrnatildi, shunga muvofiq valyutalarning oʻzaro kursi belgilandi;
alohida davlat ichida va undan tashqarida valyutalarning oltinga erkin almashinuvi ta’minlandi. Davlat paritet qiymatiga koʻra oltinni sotish va sotib olish majburiyatini oldi.
oltin umumjahon puli sifatida tan olindi;
oltinning erkin tarzda eksport va importi yoʻlga qoʻyildi;
pulga boʻlgan ichki talab va milliy oltin zahirasi oʻrtasidagi muvofiqlik saqlab turildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |