Oltin andozasining afzalliklari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: Oltin andozasining afzalliklari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
valyuta kurslari keskin tebranishining mavjud emasligi;
past inflyatsiya darajasi.
Parij valyuta tizimi doirasida tashkil etilgan oltin andozasi bir qator kamchiliklarga ega boʻlgan. Oltin andozasi jahon iqtisodiyotida muomaladagi pul massasi bilan oltin qazib olish va ishlab chiqarish oʻrtasida bog’liqlikni yuzaga keltirdi. Ushbu sharoitda yangi oltin konlarini ochish va uni qazib olishni koʻpaytirish transmilliy inflyatsiyaga olib kelgan. Aksincha, agar oltin ishlab chiqarish hajmi ishlab chiqarishning real hajmi oʻsishidan orqada qolsa narxlar darajasining yalpi pasayishi kuzatilgan. Urush harajatlarini qoplashda soliqlar, zayomlar bilan birga oltin ham jahon puli sifatida sarflandi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan valyuta cheklovlari o‘rnatildi. Valyuta kurslari majburiy tarzda o‘rnatilgan bo‘lib, shu boisdan noreal edi. Urush boshlanishi bilan markaziy banklar oltinni almashtirishni to‘xtatdi va xarajatlarni qoplash uchun emissiyani oshirdilar. 1920 yilga kelib AQSh dollariga nisbatan funta sterling 1/3 qismga, frantsuz franki va italiya lirasi —2/3, nemis markasi esa - 96%ga qadrsizlandi. Urush harajatlarini qoplashda soliqlar, zayomlar bilan birga oltin ham jahon puli sifatida sarflandi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan valyuta cheklovlari o‘rnatildi. Valyuta kurslari majburiy tarzda o‘rnatilgan bo‘lib, shu boisdan noreal edi. Urush boshlanishi bilan markaziy banklar oltinni almashtirishni to‘xtatdi va xarajatlarni qoplash uchun emissiyani oshirdilar. 1920 yilga kelib AQSh dollariga nisbatan funta sterling 1/3 qismga, frantsuz franki va italiya lirasi —2/3, nemis markasi esa - 96%ga qadrsizlandi. Oltin andozasi bozor iqtisodiyoti sharoitlariga va rivojlanib borayotgan xo‘jalik aloqalari ko‘lamiga javob bermaganligi tufayli asta-sekinlik bilan barham topgan. Oltin tanga andozasi pul va valyuta tizimi sifatida amal qilishni to‘xtatgan va jahon valyuta tizimini boshqa shaklda shakllantirishga ehtiyoj sezilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |