GENUYA VALYUTA TIZIMI (1922-1929 y.y.) Birinchi jahon urushidan keyin mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy aloqalarning qayta tiklanishi natijasida jahon valyuta tizimining yangi tamoyillarini ishlab chiqishga zarurat tug‘ildi. Ushbu davrdan jahon valyuta tizimi rivojlanishining yangi bosqichi amal qila boshladi. Mazkur bosqich oltin quyilma andozasi yoki Genuya valyuta tizimi sifatida nom oldi. 1922 yilda Genuyada o‘tkazilgan moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha xalqaro konferentsiyada rivojlangan mamlakatlardagi oltin zahiralari tashqi savdo va boshqa operatsiyalar bo‘yicha xisob-kitoblarni tartibga solish uchun etarli emas deb ta’kidlandi. Xalqaro aylanmada oltin va funt sterlingdan tashqari AQSh dollaridan ham keng foydalanish tavsiya etildi. Xalqaro to‘lov vositasi rolini bajarishga yo‘naltirilgan ikkala valyuta ham deviz nomini oldi. Germaniya, Avstraliya, Daniya, Norvegiya kabi ko‘pgina mamlakatlar oltin deviz standartiga qo‘shilishdi. Genuya valyuta tizimining asosiy tamoyillari ham oldingi Parij valyuta tizimi tamoyillariga o‘xshash edi. Mazkur tizimda ham oltin oxirgi jahon puli sifatidagi rolini saqlab qoldi, shu bilan birgalikda oltin paritetlari ham qoldirildi. Genuya valyuta tizimining asosiy tamoyillari ham oldingi Parij valyuta tizimi tamoyillariga o‘xshash edi. Mazkur tizimda ham oltin oxirgi jahon puli sifatidagi rolini saqlab qoldi, shu bilan birgalikda oltin paritetlari ham qoldirildi. Genuya valyuta tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanib faoliyat ko‘rsatgan:
Tizim asosini oltin va deviz valyutalar tashkil etdi. Ushbu davrda 30 ta mamlakatning pul tizimi oltin-deviz standartiga asoslandi. Biroq, zahira valyuta mavqei rasmiy jihatdan hech bir valyutaga berilmadi, funt sterling va AQSh dollari ushbu sohada etakchilik uchun raqobatlashdi.
Oltin paritetlari saqlab qolindi. Valyutalarning oltinga almashinuvi nafaqat bevosita yo‘l bilan (AQSh, Frantsiya, B.Britaniya) balki bilvosita, xorijiy valyutalar orqali ham amalga oshirildi.
Erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi qayta tiklandi.
Valyutani tartibga solish faol valyuta siyosati shaklida xalqaro konferentsiyalarda amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |