4-mavzu. Kalibrlar
Download 475.41 Kb. Pdf ko'rish
|
4-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y = 0; Y 1 = 0.
Kalibrlar joizliklari. Standartga binoan silliq kalibrlarni ishlash uchun
quyidagi joizliklar joriy qilingan: H teshiklar uchun ishchi kalibrlarniki (tiqin) (Hs о‘sha kalibrlarning о‘zida, faqat sferik о‘lchash yuzalariga ega bо‘lgan); H 1 – vallar uchun ishchi kalibrlarniki (skoba); Hp – skobalar uchun nazorat kalibrlarniki. Nazorat jarayonida yeyiladigan о‘tuvchi kalibrlar uchun tayyorlashga ajratilgan joizlikdan tashqari, yeyilish uchun joizlik ham kо‘zda tutilgan. О‘lchamlari 500 mm gacha, joizlikligi IT8 kvalitetgacha bо‘lgan PR kalibrlarning yeyilishi detalning joizlik maydoni chegarasidan tiqinlar uchun Y va skobalar uchun Y 1 qiymatiga chiqishi mumkin; joizlikligi IT9 dan IT17gacha bо‘lgan PR kalibrlarning yeyilishi о‘tuvchi chekka о‘lcham bilan chegaralanadi, ya’ni, Y = 0; Y 1 = 0. Shuni aytib о‘tish kerakki, yeyilish uchun joizlik maydoni kalibrning mumkin bо‘lgan о‘rtacha yeyilishini aks ettiradi. Barcha о‘tuvchi kalibrlarning H(Hs) va H 1 joizlik maydonlari buyumning joizlik maydonining ichiga tiqin-kalibrlar uchun z va skoba-kalibrlar uchun z 1 qiymatida siljitilgan. 180 mm dan ortiq nominal о‘lchamlar uchun о‘tmaydigan kalibrlarning joizlik maydonlari ham detalning joizlik maydoni ichiga tiqinlar uchun ,skobalar uchun 1 qiymatida siljitilgan; bu 180 mm dan ortiq bо‘lgan val va teshiklarni kalibrlar yordamida nazorat qilishdagi xatoliklarni kompensatsiyalash uchun kiritiladi va xavfsizlik zonasini yaratadi. 180 mm gacha bо‘lgan NE kalibrlarning joizlik maydonlari tiqinlar uchun buyumlarning yuqori og‘ishiga, skobalar uchun esa quyi og‘ishiga simmetrik joylashgan, ya’ni = 0 va 1 = 0. Kalibrlarning joizlik maydonlari va ularning о‘tuvchi tomonlari yeyilishini detalning joizlik maydoni ichiga siljitish о‘tqazishlar xususiyatining buzilishini bartaraf qiladi, yaroqli detallar о‘lchamlarini joriy etilgan joizlik maydonlarida bо‘lishiga kafil bо‘ladi. Download 475.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling