4-mavzu: Kasbiy fanlarning fizik asoslarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja


Bingo. Bu so‘rash va takrorlash usullaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligi aniqlaydi. 14.Batakenet


Download 81.74 Kb.
bet8/13
Sana02.04.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1321906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KFFA daPed texnologiyalardan foydalanish (1)

13. Bingo. Bu so‘rash va takrorlash usullaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligi aniqlaydi.
14.Batakenet. Bu o‘quvchining jamoa va individual bo‘lib ishlashga va fikrlashga o‘rgatadi.
15. Bumerang. Bu usul bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialining chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish. Bilimlarni erkin egallashga yo‘naltirilgan. Bu turli mazmun va xarakterga ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin. Ushbu texnologiyani qo‘llash natijasida tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratiladi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarni rivojlantiriladi.
16. Yelpig‘ich. Bu texnologiya murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni o‘rgatishga qaratilgan. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la ma’lumot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtayi nazardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalligi, fazilat va kamchiliklari, foyda va zarari belgilanadi. Bu o‘zaro faol texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish yoki himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Bu texnologiya kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchilarning faol ishlashiga qaratilgan.
17. Klaster (Tarmoqlar usuli). Bu fikrlarning tarmoqlanishi, ya’ni pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu usul bilan mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling