4-mavzu: Kasbiy fanlarning fizik asoslarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja


Download 81.74 Kb.
bet11/13
Sana02.04.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1321906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KFFA daPed texnologiyalardan foydalanish (1)

Aqliy hujum. Bu usul ijodiy hamkorlik, birga fikrlash hamjihatlik darsi, har kim o‘z fikrini ayta oladigan va aytishi zarur bo‘lgan erkinlik darsidir. Darsga qancha ko‘p va yaxshi tayyorlansang, shunchalar o‘zingni eshitishga, do‘stlaringa gapirishga istak tug‘iladi.
Aqliy hujum usuli o‘quvchilarning o‘zlari oldingi o‘tilgan mavzulardagi formulalardan foydalangan holda, formulalarni chiqarib isbotlab beradi. Masalan, “Tekis tezlanuvchan harakatda ko‘chish”, “tezlik bilan ko‘chish orasidagi bog‘lanish”, “Kinetik va potensial energiya” va boshqa formulalarni chiqarib beradi.
Tekis tezlanuvchan xarakatda ko‘chishda doskaga quyidagi formulalarni yozib formulani “Aqliy xujum” usulida chiqarishni tavsiya qilamiz.
1) 2) 3) 4)
O‘quvchilar 2,3,4-formulalardan foydalanib, chiqarib, tushuntirib beradilar. Mana shunday dars kashfiyotdir. O‘quvchi ham o‘qituvchi ham darsga xuddi shu narsa uchun ikki tomonlama ijod, hamkorlik sevinchi uchun, o‘quv faoliyatida darsdan xuddi yozuvchi darajasida foydalanish quvonchi uchun kelishadi.
Formula qanday shaklda bo‘lmasin, u mohiyatni ochishga, to‘plash, saralash, aniqlash va quyuqlashtirishga, o‘quvchidagi oqilona ruxni va shu asosidagi estetik ruxni va mavzuni tushunishga o‘rgatadi. Hamma formulalarni bir yerga to‘plab va ana shu formulalardan boshqa formulani topishga yordam beradi. Aqliy xujum usuli bu oddiy formulalardan tortib murakkab formulalarni topishning oqilona yo‘lidir. Masalalarni yechishda ham xuddi shu usullarni qo‘llash yaxshi natijalar beradi.
Tanqidiy tafakkur. Bu usulda o‘qituvchi bolalarga nimani nimaga qiyoslashni o‘rgatishi zarur. Har qanday fizik hodisani shunday o‘rgatish kerakki, bolalar chin ko‘ngildan, ya’ni mustaqil xulosalarga, qiyoslashlarga o‘rgansin.
O‘qituvchi o‘quvchilarga “Tekis tezlanuvchan harakatda ko‘chish” formulasini yuqorida algebraik usulda chiqarishni o‘rgatgan edi. Xuddi shu mavzudagi formulalarni geometrik usulda chiqarishni ko‘rsatiladi va o‘quvchilar bilan bahs munozara olib boriladi. Bunda trapetsiyaning yuzidan foydalaniladi. Tekis tezlanuvchan xarakatning tezligi grafigidan S trapetsiyaning yuzi uning asoslari uzunliklari yig‘indisining yarmi bilan balandligi ko‘paytmasiga teng (1-rasm).



Binobarin, butun t vaqt davomidagi ko‘chish son jihatidan OAVS trapesiyaning yuziga teng. Rasmdagi trapesiya asoslaridan birining uzunligi son jihatidan V0 ga, ikkinchisining uzunligi t ga teng. Trapesiyaning balandiligi esan son jihatidan t ga teng. Shuning uchun S ko‘chish quyidagiga teng eaknligi kelib chiqadi:

Bu formulada V ning o‘rniga ifodani qo‘ysak, u holda:

Suratni maxrajga hadma- had bo‘lsak, formula kelib chiqadi.
Yuqorida chiqarilgan formulani ikki usulda chiqarilishini o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birlikda tanqidiy tafakkur bilan baxs-munozara olib borishadi.
Boshlang‘ich tezligi ya’ni bo‘lgan hol uchun formulani chiqarishadi.

Bu formuladan a tezlanishni va t vaqtni topishni o‘rganishadi, ya’ni quyidagicha:

Asosan bunda o‘quvchilarni fikrlashga, xodisalarning sababini tushuntirishga, o‘z mulohazalarini asoslashni, shuningdek, fikrlashning ketma-ketligini, tanqidiylik, mustaqillik singari tomonlarni, faktlarga bo‘lgan qiziqishlar bilan birga nazariyaga qiziqish paydo bo‘lishini o‘rgatadi.

Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling