4-mavzu: Kasbiy fanlarning fizik asoslarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja


Download 81.74 Kb.
bet12/13
Sana02.04.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1321906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KFFA daPed texnologiyalardan foydalanish (1)

Debatlar. O‘qituvchi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib, tanqidiy tafakkurni rivorjlantiradi va munozarani avj oldiradi. Bunda o‘quvchilar faollashtiriladi, ayni vaqtda diqqatni yig‘ib, chuqur taxlil etishni o‘rganadi. Masalan, “Atmosfera bosimi, Torrichelli tajribasi” mavzusini o‘tishda quyidagi savol o‘rtaga tashlanadi. Yerda havo bo‘shlig‘i hosil qilib bo‘ladimi?
Galileyning shogirdi Evanjelista Torrichelli atmosfera bosimini o‘lchash haqidagi rejasini rivojlantiradi va tajribani boshlaydi. Tajriba murakkab emas (buni o‘quvchi darslikni o‘qib bemalol o‘rtoqlariga gapirib bera oladi) simob bir metr uzunlikdagi ingichka, bir uchi kavsharlangan shisha nayga quyiladi. Simobga to‘la nayning uchini barmoq bilan berkitib, barmoqni olmagan holda uni to‘ntarib simobli jomga soladi va barmoqni nayning og‘zidan olinadi. Naydagi simob pastga tushadi, lekin oxirigacha emas. Simobning hammasi o‘z og‘irligi bilan jomga quyilib ketmadi. Ammo nayning berk tomonida bo‘sh fazo hosil bo‘ldi. Yerda kuzatilgan dastlabki bo‘shliq Torrichelli bo‘shlig‘i!
Torrichelli tajribasidagi simob ustuni balandligini o‘lchab, bu ustun berayotgan bosimni hisoblash mumkin, bu bosim atmosfera bosimiga teng bo‘ladi.
Atmosfera bosimi qanchalik ko‘p bo‘lsa, Torrichelli tajribasidagi simob ustunining balandligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu tajriba quyidagicha izohlanadi.
Simob ustuni to‘xtab qolgan balandlik roppa-rosa 76 santimetr edi.
Kunlarning birida nay bilan tajribasini takrorlayotgan Torrichelli qandaydir chatoqlikni sezadi. Uning oldida xuddi o‘sha jo‘n asboblar: jom, qora qalam bilan quyuq chizilgan qog‘oz yopishtirilgan naycha. Torrichelli yana naychaga simob quyadi va tajribani takrorlaydi. Ishkallik nimada? U ishkallikni topdi. Simob og‘irlik kuchi har doim bir xil bo‘lmaydi, deb turibdi. Ajoyib kashfiyot – havo og‘irlikka ega! Havo bosimga ega! Deb xabar bergandek edi. Demak, biz buni “Atmosfera bosimi” deb ataymiz.
Bu mavzuni o‘tish texnologiyasini beramiz:

  1. Torrichelli tajribasi uchun kerakli asboblar.

  2. Tajribaning borishi va undan kelib chiqqan ilmiy asoslar.

  3. Tajribadagi yutuq va kamchiliklar.

  4. Torrichelli bo‘shlig‘i.

  5. 76 santimetrli simob ustuni.

  6. Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob-barometr.

  7. Atmosfera bosimining ta’rifi.

  8. Qanday xodisalar atmosfera bosimining borligini tasdiqlaydi?

  9. Atmosfera bosimini hisoblash.

O‘qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardir:
So‘zlash – ko‘rsatish (tajriba qilish) – vazifa topshirish – rahbarlik – nazorat qilish.
O‘quvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat: Tinglash – ko‘rish – faollik – mashq bajarish.

Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling