4-mavzu: Kasbiy fanlarning fizik asoslarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja


Download 81.74 Kb.
bet9/13
Sana02.04.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1321906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KFFA daPed texnologiyalardan foydalanish (1)

18. Fikrlay olasanmi? Bunda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o‘yin o‘tkaziladi.
19. Skarabey. O‘zaro faol usul bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishga, o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi.
20. Tarozi. Bu munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o‘rganishda qo‘l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy izlanish, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o‘z dalillarini yozma va og‘zaki shaklda ishonchli va lo‘nda ifodalashni shakllantiradi, o‘z nuqtayi nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o‘rgatadi. Bu texnologiyani o‘quv materialini o‘ragnishning turli bosqichlarida qo‘llanishi mumkin. Ammo u o‘tilgan materiallar bo‘yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija beradi, chunki o‘qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va o‘rganilgan materiallardan erkin foydlanishni nazarda tutadi. Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar orasida tadbiq etilishi mumkin.
Innovatsion usullarning fizika mavzularida
qo‘llash.
Modellashtirish usuli – o‘qituvchi bayon qilayotgan hodisa va voqealarni o‘quvchi parallel holatda idrok etib, o‘z daftarida chizayotgan model orqali yangi mavzuni mustahkamlaydi. Masalan, Termodinamika asoslari bo‘limidagi “Issiqlik mashinalarining FIKlari va ularni oshirish yo‘llari ” mavzusini misol qilib ko‘rsatish mukin. Bu mavzuni o‘tishdan oldin o‘qituvchi ichki yonuv dvigateli modelini auditoriyaga olib kiradi va tushuntiradi.
Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi:

  1. Qanday dvigatel ichki yonuv dvigateli deyiladi? Yonilg‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri dvigatelning ichida, uning silindrida yonayotgani uchun ichki yonuv dvigateli deyiladi.

  2. Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo‘ladi?

Dvigatel silindrdan iborat bo‘lib, uning ichida porshen yuradi, porshen tirsakli valga shatun yordamida biriktirilgan. Valning tekis aylanishi uchun valga salmoqli g‘ildirak (maxovik) o‘rnatilgan. Silindrning yuqoridagi qismida ikkita klapan bo‘lib, ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik ravishda ochilib, yopilib turadi. Yonuvchi aralashma silindrga birinchi klapan orqali kirib, svecha yordamida alanga oladi. Yonganda hosil bo‘lgan gazlar ikkinchi klapan orqali chiqarib yuboriladi. Bularning hammasi model orqali ko‘rsatib boriladi. Shunday qilib, dvigatelning asosiy qismlari: silindr, porshen, tirsakli shatun, val, salmoqli g‘ildirak, klapanlar, svechalar.
Bug‘ trubinasining modeli ham shu asosda modelga qarab tushuntiriladi, ya’ni oldin savollar beriladi. So‘ng shu savollar asosida javob berib boriladi. Savollar quyidagilardan iborat:

  1. Bug‘ turbinalari deb qanday issiqlik dvigateliga aytiladi? Bug‘ yoki yuqori haroratgacha qizdirilgan gaz dvigatelning valini porshen, shatun va tirsakli val yordamisiz aylantiradigan dvigatellar turbinalar deyiladi.

  2. Eng sodda bug‘ turbinasining asosiy ishlash qismlari nimalardan iborat? Valga disk o‘rnatilgan bo‘lib, uning to‘g‘iniga kuraklar mahkamlangan. Kuraklar yaqiniga kengayib boradigan trubalar-soplolar joylashtirilgan. Demak, sodda bug‘ turbinalarning asosiy qismlari: val, disk, kuraklar va soplolardir.

  3. Bug‘ turbinasi qanday ishlaydi? Soplolarga qozondan bug‘ keladi. Soplolardan otilib chiqayotgan bug‘ oqimi kuraklarga ancha katta bosim beradi va turbinaning diskini tez aylantirib beradi.

  4. Bug‘ turbinalari qaerlarda ishlatiladi? Ular issiqlik elektr stansiyalarida va kemalarda hamda teplovozlarda ishlatiladi.

  5. Bug‘ o‘rnida boshqa mahsulot ishlatish mumkinmi? Ha, bug‘ o‘rnida gazning yonish maxsulotidan foydalaniladigan gaz turbinalari asta-sekin tobora keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.

Bu usul o‘quvchilarda o‘zlashtirishning shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati, moyilligi borligini hisobga olib, usullarning rang-barang turlarini o‘quv jarayoniga kiritish, o‘quvchilarda ijod kurtaklari nish urayotganini aytib rag‘batlantirib turish lozim. Bu usulning shu tariqa rang-barangligi, o‘z kuchlarini har tomonlama sinab ko‘rishga har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyatini kamol toptirish uchun sharoitlar bilan ta’minlash, ular uchun o‘quv jarayonining yana ham qiziqarliroq bo‘lishi uchun imkon qidirish lozim bo‘ladi.

Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling