Asoslangan esse yozish qoidalari
Asoslangan esse — qo‘yilgan savolga asosli javob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum bir pozisiyani egallaydi va uni himoya qiladi, bunda o‘zining pozisiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiradi. Maqsad - muallif lozim topgan qarashlarni boshqalarning ham qabul qilishiga ishontirish.
Asoslangan esse tarkibi:
Savol bo‘yicha muallif nuqtayinazarining bayon etilishi (1 xat boshi).
Bayon etilgan pozitsiyani asoslash — muallifning ishonarli dalillari bo‘yicha ushbu pozisiyani qo‘llab-quvvatlash va qabul qilishga ishontirishi.
Xulosa-rezyume.
Asoslangan esseni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari:
mavzu mazmuniga mos kelishi;
mazmuni, fikri;
unga taalluqli muammoni oldindan ko‘ra bilish, shaxsiy nuqtayi nazari, ma’lumotlar yetarliligi;
uslub: ifoda aniqligi, muayyanligi;
orfografiya.
Shuni aytishimiz mumkinki, o‘quvchilarning keyslar bilan ishlashi ularda fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, kommunikativ qobiliyatni yuksaltiradi, muhimi, tanqidiy fikrlash va mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
1. Modellashtirish. O‘qitishning bu usuli o‘z ichiga real xayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama yoki vaziyatni o‘z ichiga oladi.
2. Namoyish qilish. (Demonstratsiya – lotincha so‘z bo‘lib, ko‘rsataman, isbotlayman degan ma’noni bildiradi).
3. Kichik guruhlarda ishlash asosan alohida masallar yuzasidan o‘z fikrini ishlab chiqqan holda uni guruhda muhokama qilishga va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtayi nazarga kelishga o‘rgatadi.
4. Aqliy hujum. Guruhdagi har bir o‘quvchiga o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo yuzasidan aqlni ishlatib, o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv usulidir. Usul mohiyati “bir kalla – yaxshi, yigirma beshtasi undan a’lo” printsipi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlay olishda bo‘lib, istisno tariqasida bilim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to‘g‘ri bo‘lgan javob o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |