1. Amaliy keyslar. Bunda vaziyat yoki hodisa real aks etadi. Uning asosini tarixiy manba, real hujjat, statistik ma’lumotlar tashkil qiladi. Bu turdagi keyslarning maqsadi tarixdagi real hodisani, ekologik yoki texnologik muammoni hal etish yo‘llarini modellashtirish, olingan bilimdan hayotda foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Ta’limiy keyslarning vazifasi ta’lim berish bo‘lib, asosini o‘quv vaziyatlar tashkil etadi. Bu keyslarni bajarish jarayonida shakllangan ko‘nikmalar malakaga aylanadi.
3. Ilmiy keyslar o‘quvchini tadqiqotga yo‘naltirish maqsadida ishlab chiqiladi.
Masalan, lokal, regional tipdagi loyihalarni ishlab chiqish. Ularning mavzulari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, "Shamol energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish ", "Hududdagi ekologik vaziyat" va hokazo. Bu turdagi keys materiallariga mavzuga oid ilmiy izlanish olib borgan olimlarning ishlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari, adabiyot manbalaridan, biografik materiallardan ham foydalansa bo‘ladi.
«Keys-stadi» texnologiyasiga qo‘yiladigan talablar:
mavzu dolzarb va bir nechta yechimlarga ega bo‘lishi;
tanlangan matn o‘quv mashg‘ulotining maqsadiga mos kelishi;
tadqiq qilinayotgan muammoni hal etish uchun axborotning yetarli bo‘lishi.
«Keys-stadi» boshqa texnologiyalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
Topish va hal qilish zarur bo‘lgan muammoli vaziyatning mavjudligi.
Muammoni jamoada muhokama qilish.
Muammoning bir nechta yechimlari mavjudligi.
Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini boshqarish mumkinligi.
Faoliyatni baholash imkoniyati.
Keys texnologiyasini tashkil etishda o‘qituvchining faoliyati ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
Birinchi bosqich — keysni va uning tahlili uchun savollarni ishlab chiqish uchun o‘qituvchining ijodiy ishi. Bu bosqich o‘quv mashg‘ulotidan oldin amalga oshiriladi va pedagogning ilmiy-tadqiqot, metodik va konstruktiv faoliyatini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |