4-mavzu: Kasbiy fanlarning fizik asoslarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja
Fizik o‘quv mavzulariga pedagogik texnologiyani kiritish
Download 81.74 Kb.
|
KFFA daPed texnologiyalardan foydalanish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsda innovatsion usullardan foydalanish
- 1. “Case study” usuli.
Fizik o‘quv mavzulariga pedagogik texnologiyani kiritish
Fizika faniga pedagogik texnologiyani kiritish mexanizmi: Jamoani guruhga bo‘lish; Mavzuni tanlash; Darsni uslubiy yo‘llarini izlash, masalan, seminar, trening, individual maslahat berish, ko‘rgazmali darslar tashkil qilish bilan o‘quvchilarni o‘zaro faollikka olib kelish. Darsda innovatsion usullardan foydalanish Shu o‘rinda biz innovasiya va interfaol so‘zlarining ma’nosini ochib ketmoqchimiz. Innovatsion – ta’lim tizimidagi har qanday yangilik. Ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirishi, qo‘llashi. Interfaol (inter – lotincha - o‘zaro) o‘zaro faol, ya’ni o‘qituvchi bilan o‘quchining faol munosabati, idrok etishi, to‘liq tushunishi. Innovasiya – bu yangilikni kiritish, qo‘llash degan ma’noni anglatadi. 1. “Case study” usuli. O‘quvchida mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan mustaqil ishlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha tajribalar hali yetarli emas. Kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari mustaqil ishlarga yetarli darajada e’tibor bermasdan an’anaviy usullar (referat yozish, misol yechish va h.k.) bilan cheklanadilar, xolos. Bu turdagi usullar esa o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatmaydi, kasbiy ko‘nikmasini rivojlantirmaydi, mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini oshirmaydi. Haqiqiy innovatsion pedagogik texnologiyalarda o‘quv maqsadlari bo‘lajak kasbiy faoliyatga qaratilgan bo‘ladi. Bunday texnologiyalardan biri "keys-stadi"dir. Mazkur texnologiyaning mazmun-mohiyati shundaki, uning asosini aniq vaziyat yoki hodisa tashkil etadi («case» — hodisa). Shuning uchun, birinchidan, tahlil etilayotgan hodisada real hayotiy vaziyat aks etishi kerak, ikkinchidan, bu vaziyatda hali oxirigacha hal qilinmagan, yashirin muammo yoki bir nechta muammolar bo‘lishi zarur. Keys bilan ishlash jarayonida darsda berilgan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha axborotlar ham talab etiladi. Bu axborotlar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar mustaqil ravishda xulosa chiqaradi, muammoli vaziyatni hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini beradi. Keys texnologiyasi interfaol texnologiyalar sirasiga kiradi. Chunki u o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi "sub’yekt — suby’ekt" munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Ya’ni o‘quvchi ta’lim olishning faol sub’yektiga aylanadi, unda jamoa bilan hamkorlikda ishlash, o‘z fikrini bildirish va himoya qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Eng muhimi, keys texnologiyasi o‘quv fazosidan tashqariga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni o‘zlari egallayotgan kasb bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yo‘naltiradi, kasbiy motivatsiyani shakllantiradi. O‘qituvchi uchun keys texnologiyasini qo‘llash bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Eng avvalo, bu texnologiya o‘qituvchidan tanqidiy tafakkur va ijodiy faoliyatni, qolaversa, keyslarni ishlab chiqish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun o‘z ustida doimiy ishlash, fan bo‘yicha yangi axborotlarni to‘plash, chet el tajribalarini o‘rganishni talab etadi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda muammoli keyslardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda ochiq muloqot usuli samaraliroq. Ochiq muloqotda asosiy omillar o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalari, o‘qituvchining muloqotni tashkil eta olish qobiliyati sanaladi. Savollarni berish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini keys matnidagi aniq axborotga qaratadi, to‘g‘ri javob berishga undaydi. Keys matndagi muammoni ajratib olish, vaziyatni baholash, hodisa va jarayonni tahlil qilish o‘quvchilarning kommunikatsion ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. «Keys-stadi» texnologiyasidan ta’lim natijalarini nazorat qilish va tekshirishda ham foydalanish mumkin. Har bir o‘quvchiga imtihondan oldin individual keys beriladi. O‘quvchilar keysdagi topshiriqlarni bajarib, hisobot shaklida o‘qituvchiga topshiradilar. Darsga tayyorlanish jarayonida o‘qituvchi o‘quv maqsadlarini hisobga olgan holda har xil turdagi keyslarni ishlab chiqishi lozim. Keys asosidagi o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin. Keyslarning bir nechta turi mavjud. Download 81.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling