4-mavzu: Kasbiy fanlarning fizik asoslarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja


Download 81.74 Kb.
bet4/13
Sana02.04.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1321906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KFFA daPed texnologiyalardan foydalanish (1)

Ikkinchi bosqich — o‘qituvchining auditoriyadagi faoliyati. Bunga o‘qituvchining ­kirish so‘zi, xulosasi, kichik guruhlarda ishni tashkil etishi, bahs-munozarani boshqarishi, vaziyat tahlili bo‘yicha o‘quvchilar faoliyatini baholashi kiradi.
Keys bilan ishlash quyidagilardan iborat:
Hamkorlikdagi faoliyatga kirishish. Bu bosqichning asosiy vazifasi hamkorlikdagi faoliyatga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish.
Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish. Bu bosqichning asosiy vazifasi kichik guruhlarda yoki individual tarzda muammoni hal etish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish. Har bir guruhda spiker (muammo yechimini taqdim etadigan), kotib (muhokamaning borishini yozib boradigan), vaqt nazoratchisi (vaqt o‘tishini nazorat qiladigan) tanlanadi. Agar keys to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa bir guruhning yechimi boshqa guruhning javobiga o‘xshamaydi. O‘qituvchi bahsni tashkil etadi va uni boshqaradi.
Hamkorlikdagi faoliyatni tahlil qilish va refleksiya. Bu bosqichning asosiy vazifasi keys bilan ishlash natijalarini ajratib ko‘rsatish. O‘qituvchi bahs-munozaraga yakun yasaydi, guruhlar faoliyatini baholaydi, xulosa chiqaradi.
Misol tariqasida "Fizika" fanidan " Butun olam tortishish qonuni " mavzusidagi keysni keltiramiz.
Keysning o‘quv maqsadi: Butun olam tortishish qonuni va uning ahamiyatini o‘rganish.
Keysni bajarish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalar rivojlanadi:

  1. Axborotni qabul qilish va qayta ishlash (matnni tahlil qilish, sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatish, muammoni hal etish yo‘llarini qidirish, axborotni sintez qilish).

Kommunikativ (suhbat yuritish, boshqalarni ishontirish, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish, boshqalarning xulq-atvorini baholash, o‘zini nazorat qilish).
3. Refleksiv ko‘nikma (o‘zining va boshqalarning fikrini tahlil qilish).


Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling