4-mavzu: Kasbiy fanlarning fizik asoslarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja


Download 81.74 Kb.
bet10/13
Sana02.04.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1321906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KFFA daPed texnologiyalardan foydalanish (1)

Namoyish qilish. (Demonstratsiya) usuli. Demonstratsiya – lotincha so‘z bo‘lib, ko‘rsataman, isbotlayman degan ma’nolarni bildiradi.
Bu usul o‘quvchilarni bilimga qiziqtirishni so‘ndirib, o‘qishda charchatib zada qilib qo‘ymaslik uchun o‘quv mavzularini tajriba qilib ko‘rsatish va fizik asboblar bilan tanishtirish juda yaxshi natija beradi.
Bu usul o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi.
Kichik guruxlarda ishlash. O‘qituvchi mehnatining murakkabligi har bir shaxsdagi yoki guruhdagi imkoniyatlarning rivojlanishiga sharoit yarata bilishdir. Eng muhimi, o‘quvchining o‘zini shaxs deb tushunishiga o‘qituvchi yordam berishi zarur, o‘zligini, xayotini. Dunyoni idrok etishga extiyoj uyg‘otishi darkor: unda insoniy g‘urur tuyg‘usini va uning tarkibiy qismi – o‘z xatti-harakatlari uchun o‘zi, do‘stlari, maktab, jamiyat oldida ma’suliyat hissini tarbiyalash kerak. O‘quvchilar bilim olish yo‘lidagi mashaqqatli mehnatida muvaffaqiyat qozonishi uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchining imkoniyatlariga ishonishi zarur. Bu yo‘ldagi muvaffaqiyatlar o‘qituvchining qat’iyatiga, toqatiga, o‘z vaqtida yordamga kela bilishiga bog‘liq. O‘quvchilarni 4 guruxga bo‘lib olish kerak. Keyin ularga nom berish kerak. Masalan, atom, molekula, kuch, ish yoki boshqacha nomlanadi. O‘tiladigan mavzudagi muhim so‘zlar bilan nomlansa, juda ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi masalani berib, har bir guruhning xulosasini eshitadi.
Massasi 2 tonna bo‘lgan samolyot 400 m balandlikda 50 m/s tezlik bilan uchayotgan edi. Samolyot dvigateli o‘chirilgan holda shu balandlikdan pasaya boradi va qo‘nayotganda uning tezligi 30 m/s bo‘ladi. Dvigatel ishlatilmagan tarzda samolyot uchishiga havo qarshilik kuchining bajargan ishi topilsin.
Berilganlar: m=2t=2000kg,
V1=50m/c, V2=30m/c, h=400m, A=?
Yechilishi: a) samolyotning keyingi (ikkinchi) vaziyatdagi potensial energiyasini nolga teng deb hisoblasak, birinchi vaziyatdagi (h balandlikdagi) potensial energiyasi mgh bo‘ladi. Shuning uchun, samolyotning birinchi va ikkinchi vaziyatlardagi mexanik energiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

b) samolyotning birinchi vaziyatdan ikkinchi vaziyatiga o‘tishda unga og‘irlik kuchidan tashqari havoning qarshilik kuchi ham ta’sir qiladi. Bu kuchning bajargan ishi to‘la mexanik energiyaning o‘zgarishiga teng, ya’ni:

V) formulalarga qo‘yib hisoblashlarni olib boramiz.

Javob: Qarshilik kuchi – 8,6Mj ish bajaradi. Bundagi minus(-) harakatga qarshilik ko‘rsatadigan kuchlarning ishi manfiy ekanligini ko‘rsatadi.
Bundan ko‘rinadiki, bu usul guruxni g‘oyalar beradigan o‘quvchilar va ularni ishlab chiqadigan o‘quvchilarga bo‘lish kabi qoidalarni o‘zida mujassam etadi. Shu bilan bir qatorda guruxlarni o‘zaro faol harakat qilishga undaydi. O‘qituvchi dars ijodkori, demak, u o‘z yo‘lini izlashi kerak. O‘qituvchi guruhdagi o‘quvchilarga nimani nimaga qiyoslashni o‘rgatishi zarur. Har qanday hodisani shunday o‘rgatish kerakki, o‘quvchilar chin ko‘ngildan, ya’ni mustaqil xulosalarga, qiyoslarga o‘rgansin.

Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling