4 Mavzu: Korxonada kadrlar va mehnatga xaq to‘lash. Reja
Download 30.37 Kb.
|
4 Mavzu amaliy Kadrlar va mehnatga xaq to‘lash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala. Mehnat unumdorligi taxlilini jadval malumotlari asosida amalga oshiring. masala
- 17 – masala.
- Tayanch ibotalar : Ishlar malakasi
- Ishbay ish xaqi
- Bandlik bu
masala.
Kadrlar stabillilik (o‘zgarmaslik) koefitsientini aniqlang, agar hisobot davrida o‘z xohishi bilan va mehnat intizomini buzgani uchun ishdan bo‘shagan ishchilar soni 24 kishini, ishchilarning hisobot davrida oldingi davridagi ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni 654 kishini va hisobot davrida ishga qabul qilingan ishchilar soni 14 kishini tashki etsa. masala. Vaqt birligidagi mehnat unumdorligi va menxnat sig‘imini aniqlang, agar ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi 256322 so‘mni va mahsulot ishlab chiqarishdagi jonli mehnat sarfi 56000 soatni tashkil etsa. Masala. Mehnat unumdorligi taxlilini jadval ma'lumotlari asosida amalga oshiring. masala Korxona menejeri uchun 56 000 so‘mlik oklad yozildi. U mart oyida 18 kun ishladi (mart oyidagi ish kunlari 24 kunga teng). Uning ish haqi necha so‘mga teng? masala. Xizmatchilar uchun ish haqi asosiy ishchilarning ish haqidan 15% ish haqini ajratilib to‘lanadi. Agar bir oylik asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi 850 000 so‘mga teng bo‘lsa, xizmatchilar uchun qancha ish haqi belgilanadi? masala Xodimlar soni va tarkibini taxlil qiling.
masala. Xizmatchilar uchun ish haqi asosiy ishchilarning ish haqidan 15% ish haqini ajratilib to‘lanadi. Agar bir oylik asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi 850 000 so‘mga teng bo‘lsa, xizmatchilar uchun qancha ish haqi belgilanadi? masala. Kun davomida ishchi 65 dona mahsulot ishlab chiqardi. O‘rtacha rastsenka 565so‘m. U 25 dona mahsulotining yarimi tuzatish mumkin bo‘lgan nuqson bilan ishlab chiqarilgan. Jamoa shartnomasiga ko‘ra bunday mahsulot uchun kelishilgan holda o‘rnatilgan 70%li ishbay rastsenkasida to‘lanadi. Ishchining bir kunlik ish haqi qancha? masala. Tokarrning bir soatlik tarif stavkasi - 950 so‘m. Bajargan ximalari uchun14 000 so‘m mukofot yozildi. Ishchi bir oyda 174 soat ishladi. Ishchiga tarif bo‘yicha qancha ish haqi to‘lanadi, uning oylik daromadi qancha? 14- masala. Yig‘uvchi chilangar bir oy davomida 176 soat ishlab, 5 – razryad bo‘yicha 350 yig‘ilmani tayyorlagan. Xar bir yig‘ilmaning donabay vaqti 42 minut. Ishchi bundan tashqari qo‘shimcha 5 – razryad bo‘yicha 50 soatli ish xajmini bajargan. Ishchining vaqt normasini bajarish foizi topilsin. 15- masala. Pribor yig‘ilmasining donabay vaqti 1 soatu 40 minut, yig‘ilma konstruktsiyasining murakkablashganligi natijasida uning donabay vaqti 12, 4 % ga oshirilgan. Ishchi bir oy davomida 160 soat ishlab 146 dona pribor tayyorlagan. Ishchining yangi oylik ishlab chiqarish me'yori topilsin. 16- masala. Xizmatchi xodimning oylik maosh miqdori 120000 so‘m. U ma'lum oyda jadvalda ko‘rsatilgan 24 ish kunining urniga xaqikiy 22 kun ishlagan. Unga ishni sifatli bajarganligi uchun 40 % mukofot belgilangan. Xizmatchi xodimning oylik maoshi topilsin. 17 – masala. Ishbay xaq to‘lash usulida ishlaydigan 4 – razryadli tokar 1 oy davomida donabay vaqti 45 minut bo‘lgan 540 detal va donabay vaqti 20 minutga teng 340 ta detal tayyorladi. Ishchi ishni sifatli bajarganligi uchun unga 20 % mukofot beriladi. Ishchining oylik maoshi topilsin. 18 – masala. 5 – razryadli ishchi 1 oy davomida uch xil detal tayyorladi. 1 – xilidan 100 dona, donabay vaqti 30 minut , 2 – xili 420 dona, donabay vaqti 40 minut, 3 – xilidan 180 dona, donabay vaqti 50 minut. Ishchi jadvalga asosan 1 oyda 176 soat ishlab bergan. Ishchining oylik maosh miqdori va normani bajarish foizi topilsin. 19 – masala. Ishbay o‘sib boruvchi usulda ishlovchi tokar 1 oy davomida 4 – razryad bo‘yicha donabay vaqti 15 minutli 420 ta detal va donabay vaqti 30 minutga teng bo‘lgan 300 ta detal tayyorladi. Ishbay ish xaqi to‘lash usuliga asosan ishchi ishni oldindan belgilangan (100%) normadan 1 – 15 % orttirib bajarsa 15 % mukofot, 15 % dan xam yukori bajarsa 20 % mukofot beriladi. Ishchi bir oy davomida 170 soat ishlagan. Ishchining ishbay o‘sib boruvchi usulda ishlagan maosh miqdori topilsin. Tayanch ibotalar: Ishlar malakasi- mutaxassislik bilimi va amaliy tajriba darajasi bilan belgilanadi hamda ular bajaradigan aniq tur ishning murakkablik darajasini ifodalaydi Ishchilar mehnatiga haq to‘lash-bu mehnat resurslarini bahosi bo‘lib, u muhim darajada sarflangan mehnat soni va sifati, mehnatga talab va taklif, mujassamlashgan aniq konyuktura, hududiy tomonlar, qonuniy me'yorlar kabi sof bozor omillari ta'siri asrsida ishchi kuchi narxini ifodalaydi Ishbay ish xaqi- mahsulotni har-bir birligiga yoki bajarilgan ish xajmiga to‘lov tushuniladi. Vaqtbay ish xaqi- ishlagan vaqtga to‘lov, kalendar kunga emas, me'yorga, qaysiki, tarif tizimi asosida ish haqi to‘lash tushuniladi Qisman ishbay tizim- ishchini ish haqi o‘lchami ular xizmat ko‘rsatayotgan ishchi ishbaychilar ish natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq qilib qo‘yiladi. Mehnat unumdorligi -vaqt birligi ichida ma'lum miqdorda moddiy ne'mat yaratadigan jonli mehnatning samaradorlik darajasini ifodalaydi Bandlik bu - fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishmaqsadida ya'ni ish haqi olishi asosidagi faoliyat turidir Mehnat resurslari – 16 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha ayollar, ijtimoiy unumli mehnat bilan band bo‘lgan III guruh nogironlari, qariyalar hamda 14-16 yoshgacha bo‘lgan mehnat qobiliyatidagi o‘smirlar. Ishsizlik – murakkab sotsial-iqtisodiy xodisa bo‘lib ishchi kuchini taklif etish bilan unga talab o‘rtasidagi miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham nomuvofiqlikni aks ettiradi. Download 30.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling